Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin ko‘targan harbiy isyonga munosabat bildirdi.

Foto: Shutterstock

“Yomonlik yo‘lini tanlagan odam o‘z boshiga yetadi. Rossiya uzoq vaqtdan beri o‘zining zaifligi va ahmoqona boshqaruv shaklini propaganda bilan yashirib keldi. Hozir bo‘lsa betartiblik shunchalar ko‘pki, hech qanday yolg‘on buni berkita olmaydi.

Rossiyaning zaifligiga shubha yo‘q. Butunlay zaif. Rossiya o‘z qo‘shinlari va yollanma askarlarini bizning zaminimizda qancha uzoq ushlab tursa, o‘zi uchun shuncha ko‘p muammo orttiradi. Buni hamma ko‘rib turibdi.

Bizning barcha qo‘mondonlarimiz, barcha jangchilarimiz nima qilishni biladi”, — dedi Zelenskiy.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Prigojinning xatti-harakatlari yuzasidan murojaat bilan chiqqan edi. U “vagnerchi”larning isyonini xiyonat va orqadan pichoq urish, deb atadi. Putin isyonchilar jazolanishini va’da qildi.

Undan keyin Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ham Prigojin boshchiligidagi isyonni “jirkanch xiyonat” deb ta’rifladi. Qodirov Vladimir Putinning murojaatidagi “har bir so‘zni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini” aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Mudofaa vazirligi va Rossiya gvardiyasining Checheniston respublikasidagi bo‘limi jangchilari allaqachon keskinlik zonalariga jo‘nab ketgan”.

Prigojin bunga javoban “vagnerchi”lardan hech kim Rossiya prezidenti, FXX yoki boshqa birovning talabiga binoan o‘zini topshirmoqchi emasligini aytdi.

“Vagner” isyoni

Ma’lumot uchun 23-iyun kuni kechqurun Prigojin Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguni “Vagner” lagerlariga raketa hujumi uyushtirishga ruxsat berishda aybladi. Shundan so‘ng Prigojin “adolat marshini” boshlashga va’da berdi, ko‘pchilik bu tahdidni harbiy to‘ntarish uyushtirishga urinish sifatida qabul qildi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Prigojinga qarshi qurolli to‘ntarishga urinish bo‘yicha ish ochdi.

24-iyunga o‘tar kechasi Rostov-Don shahri “Vagner” jangchilari tomonidan bosib olindi. Shahar markazini Yevgeniy Prigojinga bo‘ysunuvchi qurolli shaxslar egalladi. Ertalab Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi va Bosh shtab rahbarlarining o‘rinbosarlari bilan uchrashdi. U Sergey Shoygu va Valeriy Gerasimov “Vagner”ga topshirilmaguncha, yollanma askarlar “Rostovni to‘sib, Moskvagacha borishini” aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »