Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mashhurlarning Twitter akkauntlarini buzishni tashkil etishda aybdor deb topilgan o‘smir besh yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Britaniyalik xaker Jozef O‘Konnor 2020-yilda Twitter’da siyosatchilar va taniqli shaxslarning yuzdan ortiq sahifalarini buzib kirgan. U shu yil boshida AQSH prokuraturasi talabi bilan Ispaniyadan ekstraditsiya qilindi va shundan beri hibsda saqlanmoqda.

AQSH Adliya departamenti prokurorlari O‘Konnorni kamida yetti yil qamoq jazosini o‘tashini talab qildi. Sudda xaker o‘z jinoyatlarini “ahmoqona va ma’nosiz” ekanligini aytib, qurbonlaridan kechirim so‘radi va sudyadan jazoni yengillatishni iltimos qildi.

"O‘Konnor o‘zining murakkab texnologik qobiliyatlaridan yomon maqsadlarda foydalangan — u katta miqdordagi kriptovalyutalarni o‘g‘irlash uchun SIM kartalarni almashtirish orqali xakerlik hujumini amalga oshirgan.

Shuningdek, Twitter’ni buzib kirgan, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni egallab olgan va hattoki ikki qurbonni kiber ta’qib qilgan. Ular orasida voyaga etmagan jabrlanuvchi ham bor”, — deyiladi Nyu York sudi bayonotida.

Hukumatning ta’kidlashicha, PlugWalkJoye niki bilan tanilgan O‘Konnor o‘nlab Twitter akkauntlarini, jumladan, Apple, Binance, Amazon asoschisi Jeff Bezos, Microsoft asoschisi Bill Geyts, AQSH prezidenti Jo Bayden va Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Maskning akkauntlarini buzib kirgan. 

Umuman olganda, xaker 130 ta akkauntni buzgan. Ularning 45 tasidan firibgarlik maqsadida foydalangan. O‘Konnor va uning sheriklari 794 ming dollardan ortiq pul o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lishdi. Endi ular moliyaviy zararni qoplashi kerak bo‘ladi.

Qayd etilishicha, xaker tergov bilan kelishuvga erishgan va barcha ayblarga iqror bo‘lgan. O‘Konnorga shuningdek, politsiya ruxsatisiz kompyuterlardan foydalanish taqiqlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »