Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Chenning Tatum va “Bir qadam oldinga” filmidagi partnyori Jenna Duan 2009-yil iyul oyida turmush quradi. 2013-yilda qizli bo‘lishadi, ammo 5 yildan keyin yulduzlar ajrashishga qaror qiladi. Ular hozirda Everlini birgalikda tarbiyalashadi, ammo qizaloq ko‘p vaqtini otasi bilan o‘tkazadi.

Foto; AdMe

Aktyorning aytishicha, u Jenna bilan birgalikda anchagacha nikohlarini saqlab qolish uchun kurashgan, lekin vaqt o‘tib, ular umuman boshqa-boshqa inson ekanliklarini tushunishgan. Qizaloqning dunyoga kelishi bu fikrni yanada mustahkamlagan. Ajralishdan ular so‘ng bolaga vasiylik huquqini 50/50 ga bo‘lishadi. Shuning uchun Chenning to‘liq ishonch bilan o‘zini yolg‘iz ota deb atashi mumkin.

Foto; AdMe

Chenning va kichkina Everli o‘rtasidagi mehr bir ko‘rishdayoq paydo bo‘ladi. Qizi tug‘ilgandan so‘ng Tatum tig‘iz jadval bo‘yicha ishlaydi. Ammo qizi bilan qisqa vaqtga ham ajrashish qiyin edi. “U soat sayin o‘zgarib borardi, buni ko‘rolmaslik juda alamli edi”, — aktyor o‘z dardi bilan o‘rtoqlashdi.

Foto; AdMe

“Hech qachon yolg‘iz ota bo‘lishni rejalashtirmaganman”, — deydi Tatum intervyusida. Bularning barchasi unga juda qiyinchilik bilan berilganini tan oladi. Qiz bolaning tarbiyasi haqiqatan ham mashaqqatli ish. “Internetdan soch o‘rishni o‘rgandim”, — qo‘shimcha qiladi u. Chenning qiziga g‘amxo‘rlik qilolmaydigan otalardan biri bo‘lishni xohlamaydi.

Foto; AdMe

Aftidan, Tatum qizi bilan ko‘p vaqt o‘tkazadi. Ular birgalikda bo‘yanishadi, boks bilan shug‘ullanishadi, kitob o‘qishadi va sayohat qilishadi. Aktyor Everlining mustaqil bo‘lishiga yordam beradi. U qizi haqiqiy rok xonanda kabi bolalar ichida qo‘lini ko‘tarayotgan fotosuratni e’lon qildi. Tatum u bilan qanday bo‘lsa, shundayligicha faxrlanishini aytadi.

Foto; AdMe

Har qanday ota singari Tatum ham farzandiga yaxshiliklar tilaydi. U qiziga ochiq xat yozib, unga aslidek bo‘lishni va erkaklar umidlarini amalga oshirishga intilmaslikni maslahat beradi. Aktyor Everlining barcha sevimli mashg‘ulotlaridan ham xabardor. Misol uchun, qizi Teylor Sviftning muxlisi — u irland raqslarini ham yoqtiradi.

                                                                                                                                                    
Foto; AdMe

Aytgancha, Chenning Tatum bolalar kitoblari muallifi ham. Bunga qizi ilhomlantirgan. Aktyor asarlarida real hayotdagi voqealardan foydalanadi. Misol uchun, bir kuni Everli maktabdan uyga o‘yinchoq mashina olib keladi. Qizcha o‘yinchoq qayerdan olganini aytmaydi. Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, u mashinani ruxsatsiz olgan, lekin otasiga iqror bo‘lishga jur'at etolmagan.

Foto; AdMe

Chening qizining o‘smirlik yillarini intiqlik bilan kutmoqda. “Eshitishimcha, o‘zga sayyoraliklar bolani olib ketib, 22 yoshida olib kelib berarkan”, — deb hazillashadi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »