Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iroqdagi urush oqibatida hech qanday qonunbuzarliklar qayd etilmagan va ayblovlar qo‘yilmagan, shuning uchun sobiq prezident kichik Jorj Bush ustidan xalqaro sud jarayonini boshlash imkonsiz. Bu haqda Barak Obama davridagi sobiq davlat kotibi (2013—2017), hozirda esa prezidentning iqlim masalalari bo‘yicha maxsus vakili Jon Kerri Fransiyaning LCI telekanali efirida aytib o‘tdi.

Kichik Jorj Bush 
Foto: Getty Images

Efirda jurnalist G‘arb Ukrainadagi harbiy harakatlar uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putinni sudga berishni talab qilayotganini eslatib, Kerrining Iroqdagi voqealar bo‘yicha Bushga nisbatan xuddi shunday sud jarayonini qo‘llab-quvvatlashi yoki yo‘qligini so‘radi.

“Yo‘q. Chunki prezident Bushga qarshi bevosita ayblovlar qo‘yish jarayoni bo‘lmagan. Agar urush paytida qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, unda ha”, — deb javob berdi Kerri va o‘zi AQSH qo‘shinlarining Iroqqa kirishiga qarshi bo‘lganini esladi.

Ma’lumot uchun Kongress tomonidan berilgan Harbiy kuch ishlatish ruxsatnomalari (AUMF) AQSH prezidentiga qonunchilik ruxsatisiz harbiy amaliyotlar o‘tkazish uchun keng vakolatlar taqdim etadi. 1991-yilda bunday ruxsatnomalar katta Jorj Bush davridagi Fors ko‘rfazi urushida AQSH qo‘shinlaridan foydalanish uchun berilgan, 2002-yilda kichik Jorj Bush AUMF’ni tasdiqlagan, bir yildan so‘ng Iroqda hukumat rahbari Saddam Husaynni ag‘darish uchun urush boshlangan. AQSH Iroq hukumatini terrorchilar bilan aloqada va ommaviy qirg‘in qurollarini yaratishda ayblagan.

Fors ko‘rfazi urushi 1991-yil fevral oyida tugadi. Husayn 2006-yilda qatl etildi. AQSH qo‘shinlarining asosiy qismi Iroqni 2011-yilda tark etdi.

Putinni hibsga olish orderi

17-mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berdi. U Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilishda gumon qilinmoqda. Xuddi shunday order Bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham chiqarilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »