Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ta'limdagi noodatiy holatlarga qaramay, taniqli shaxslarning qoidalari ham o‘z falsafasiga ega. Ehtimol shunday usullar tufayli ularning farzandlaridan bo‘lajak daholar yetishar.

Devid va Viktoriya Bekxem

Foto: Pinterest

Yulduzli juftlikning uchta o‘g‘li ota-onasining qoidalariga bo‘ysunmaydi, chunki yigitlar allaqachon katta bo‘lgan, ammo 12 yoshli Xarper Seven bundan mustasno.

Foto: Pinterest

Viktoriya va Devid qiziga faqat kechki soat sakkizgacha ko‘chada yurishga ruxsat berishadi. Bundan tashqari uni kichikligidayoq tartibli bo‘lishga o‘rgatishgan: nonushta qilgandan so‘ng, Xarper darhol yotog‘ini yig‘ib, xonasini tozalaydi. Bekxemlar, shuningdek, qizi foydalanadigan kontentlarni qat’iy nazorat qiladi.

Foto: Pinterest                                                                                                                             

Albatta, bu muntazam vazifalarning barchasi motivatsiya bilan mustahkamlanadi — agar u o‘z vazifalarini bajarsa, cho‘ntak xarajati uchun bir necha dollar oladi. Aks holda Viktoriya nostandart ta’lim usuliga murojaat qiladi — qizi o‘zining noto‘g‘ri harakatlari haqida o‘ylab olishi uchun uni “jazo kursisi”ga o‘tqizadi.

Madonna

Foto: Pinterest

Vogue qo‘shig‘i ijrochisining olti farzandi bor, ulardan uchtasi asrab olingan. Ayni paytda eng kichik farzandlari — egizaklar Ester va Stella (2012) qo‘shiqchining ota-onasi nazorati ostida.

Madonna 11 yoshli qizlarining kelajagi va ta’limi haqida qayg‘urgani uchun 18 yoshga to‘lgunga qadar ularga sevgi munosabatlarini taqiqlab qo‘ydi, chunki uning fikricha, sevgi boshni har qanday giyohvand moddadan kuchliroq aylantiradi.

Britni Spirs

Foto: Pinterest

Britni o‘g‘illari Shon Preston (2005) va Jeyden Jeymsni (2006) tarbiyalashda ularga hech qanday cheklovlar qo‘ymaydi. Misol uchun, har hafta birgalikda fastfud kafelarga borib, ularni fri, gamburger va gazlangan ichimliklar bilan xursand qiladi.

Anjelina Joli

Foto: Pinterest

Aktrisaning olti farzandi bor — Meddoks (2001), Zaxara (2005), Paks Ten (2003), Shaylo (2006) va egizaklari — o‘g‘li Noks Leon va qizi Vivien Marshelin (2008).

Anjelina Birlashgan Millatlar Tashkilotining yaxshi niyat elchisi bo‘lgani va tez-tez turli mamlakatlarga (asosan rivojlanmagan) tashrif buyurganligi sababli farzandlarini dunyoni pushti ko‘zoynaksiz ko‘rsatish uchun o‘zi bilan olib yuradi.

Foto: Pinterest

Shu yo‘l bilan farzandlariga o‘zlarida bor narsani qadrlashni va tabiiy boyliklarni asrashni o‘rgatmoqchi, chunki ba’zi mamlakatlarda ular yetishmaydi.

Boshqa hollarda aktrisa bolalarini cheklamaydi: ular xohlagan narsani yeyishlari, ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirishlari va faqat o‘z qarashiga tayanishi mumkin (Joli o‘z fikrini o‘tkazmaydi va bolalarining individualligini birinchi o‘ringa qo‘yadi).

Foto: Pinterest                                                                                                                             

Ammo bitta istisno holat bor. Aktrisa ularga tengdoshlari bilan muloqot qilishni taqiqlaydi, chunki ularning har birida muloqot qilish uchun yetarli aka-uka va opa-singillar bor deb hisoblaydi. Bolalar uyda o‘qitiladi.

Mila Kunis va Eshton Kutcher

Foto: Pinterest

Bu yulduzli oilada Rojdestvo va Yangi yil sovg‘alari uchun joy yo‘q. Buning sababi Mila va Eshton bu bayramlarni bolalarniki deb hisoblamaydi. Hatto do‘stlari va qarindoshlariga qishda sovg‘asiz tashrif buyurishlarini aytishadi.

Aktyorlar ushbu “tarbiya usuli”ni bolalar qadriyatlarini belgilashda samarali deb hisoblashadi. Kunisning aytishicha, farzandlari kattalar bo‘lganida moddiy narsalardan ko‘ra ma’naviy narsalarni birinchi o‘ringa qo‘yishadi.

Foto: Pinterest

Bundan tashqari, oilada glyutenni o‘z ichiga olgan mahsulotlar taqiqlangan, bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochish ham mumkin emas — Mila ham internetda shaxsiy blog yuritmaydi. Televizor oldida ham kuniga ikki soatdan ortiq o‘tirishmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »