Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Vashingtonga tashrif buyurdi va AQSHdagi hukumat rasmiylari hamda yetakchi Amerika kompaniyalari vakillari hamda rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu, AQSH savdo vazirining o‘rinbosari Alan Esteves, AQSH savdo vakili o‘rinbosari Sara Byanki, AQSH-O‘zbekiston Savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiylar bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

AQSH davlat kotibi yordamchisi Donald Lu bilan uchrashuv davomida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Amerika tomoni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni olqishlab, yirik loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini eʼtirof etdi.

Suhbat chog‘ida savdo va investitsiyaviy hamkorlikning hozirgi holati ko‘rib chiqildi. Bu yo‘nalishlarda tomonlar munosabatlarni kengaytirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini taʼkidlab, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lishi jarayonining tezlashtirish doirasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishdi.

AQSH savdo vaziri o‘rinbosari, Sanoat va xavfsizlik byurosi rahbari Alan Esteves bilan suhbat davomida, savdo oqimlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdi. Amerika tomoni O‘zbekistonning tashqi savdo jarayonlarining samaradorligini oshirish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi. Samarali hamkorlikni kengaytirish va o‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish maqsadida qo‘shma ishchi guruh shaklantirish, O‘zbekistondagi vazirliklar, idoralar, tijorat banklari vakillari malakasini oshirish uchun treninglar tashkil etish muhimligi aytib o‘tildi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

AQSH savdo vakili o‘rinbosari Sara Byanki bilan muloqotda O‘zbekiston sarmoyaviy jozibadorligini mustahkamlash, savdo to‘siqlarini bartaraf etish hamda savdo operatsiyalarini yanada osonlashtirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha navbatdagi amaliy tadbirlarni belgilash maqsadida bir qator qo‘shimcha uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishga kelishib olindi.

Tashrif davomida Amerika—O‘zbekiston Savdo palatasi aʼzolari, Amerika yirik biznes rahbarlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. AQSH yirik biznes vakillari O‘zbekistondagi islohotlarning yuqori samaradorligini taʼkidlab, qo‘shma texnologik loyihalarni amalga oshirish uchun ikki mamlakatning yirik kompaniyalari o‘rtasida qator sohalarda to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligiga eʼtibor qaratdi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha tomonlar strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, investitsiyaviy hamkorlik va o‘zaro savdoni kengaytirishga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »