Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentga English-Speaking Nation: English Summer Excellence Training (ESN: ESET) dasturi doirasida 40 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Foto: O‘zA

Ushbu ekspertlar O‘zbekistondagi umumtaʼlim maktablarining 520 nafar ingliz tili o‘qituvchisi uchun 120 soatlik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazmoqda. 16 kunlik mazkur trening o‘qituvchilarga ingliz tilida so‘zlashish, yozish, tinglash va o‘qitish ko‘nikmasini oshirishga ko‘maklashadi.

19-iyundan ish boshlagan amerikalik mutaxassislar 8-iyulga qadar Nukus, Navoiy, Zarafshon, Shahrisabz, Denov, Jizzax, Guliston, Angren, Qo‘qon va Farg‘ona shaharlaridagi o‘rta maktab o‘qituvchilari bilan amaliy mashg‘ulot, treninglar kundalik faoliyatda ingliz tilidan foydalanish, shuningdek, sinfda dars berish va o‘quvchi bilan muloqot qilishda o‘zaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan. Xorijlik ekspertlar 30 nafar mahalliy o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quvchilarga ham dars beradi.

Umumiy ingliz tili va sinfda ingliz tili bo‘yicha amaliyotdan tashqari, ESN: ESET dasturi o‘qituvchilarga ingliz tilida taʼlim berish va faqat ingliz tilida olib boriladigan ixchamlashtirilgan mikro-o‘qitish sessiyasida yakuniy taqdimot o‘tkazishda yaqindan yordam beradi. 

The English-speaking Nation: Summer Excellence Training (ESN: ESET) dasturi O‘zbekistondagi ingliz tili o‘qituvchilarining sinfda ingliz tili kompetensiyasi va dars o‘tishni kuchaytirishga qaratilgan umummilliy tashabbusi sanalgan English-Speaking Nation: Secondary Teacher Training Program (ESN: STT) dasturining tarkibiy qismidir. Mazkur loyiha uch yil davomida O‘zbekistondagi 15 000 nafar ingliz tili o‘qituvchisini qamrab olishi ko‘zda tutilgan.

English-Speaking Nation AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan, taʼlim sohasidagi islohotni qo‘llab-quvvatlovchi hamkorlik dasturidir. Xalqaro taʼlim bo‘yicha Amerika kengashi nodavlat notijorat tashkiloti loyihani amalga oshirishda sherik hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »