Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” va uning rahbari Yevgeniy Prigojinning Minskka “o‘tishi” haqidagi xabarlar fonida Polsha Belarus bilan chegarani mustahkamlashga qaror qildi. Bu haqda bosh vazir Mateush Moravetskiy aytib o‘tdi.

Foto: Delfi

25-iyun kuni Moravetskiy va Milliy mudofaa vazirligi rahbari Mariush Blashak mamlakatning 18-razvedka polki hududiga, keyin esa Polsha—Belarus chegarasiga tashrif buyurgan.

Moravetskiyning so‘zlariga ko‘ra, Varshava Rossiyadagi harbiy isyon natijalarini “yaqindan kuzatib bormoqda”, Polsha harbiylari Belarus va Kaliningrad viloyati bilan chegaralarni qo‘shimcha ravishda mustahkamlagan.

Bosh vazirning tushuntirishicha, bu choralar Moskvadan ehtimoliy tahdidga javobdir, chunki “Lukashenko va Putin noodatiy harakatni amalga oshirishi mumkin”.

O‘z navbatida, Polsha axborot makonining xavfsizligi bo‘yicha komissari, maxsus xizmatlar koordinatori Stanislav Jarin Belarus bilan chegarada keskinlik kuchayganini istisno qilmayapti.

“Biz Belarusda Prigojindan kamida to‘g‘ridan to‘g‘ri Polshaga zarba beradigan gibrid operatsiyani kuchaytirish uchun foydalanishlarini istisno etolmaymiz. Bu, albatta, nazorat qilinishi kerak bo‘lgan masala, Polsha xizmatlari shunday qiladi”, — dedi Jarin.

Bundan tashqari Britaniyaning Sky News telekanali xabar berishicha, general-leytenant Richard Dannatt Ukraina rahbariyatini Yevgeniy Prigojin boshchiligidagi “vagnerchilar”ning Kiyevga Belarusdan ehtimoliy hujumi haqida ogohlantirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »