Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya Janubiy Koreya va AQSHni Koreya yarimorolidagi vaziyatni “yadro urushi ostonasi”ga olib borayotganlikda ayblab, mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda davom etishga va’da berdi. Bu haqda Yonhap yozmoqda.

Foto: AP Photo

KXDR Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Amerika tadqiqotlari instituti 26-iyun kungi hisobotida mintaqadagi harbiy keskinlikni 1950—1953-yillardagi Koreya urushi boshlanishidan oldingi kechaga qiyosladi.

“AQSHning bunday jangovar harakatlari Koreya yarimoroli va Shimoli-sharqiy Osiyodagi harbiy taranglikni kuchaytirmoqda, vaziyat juda beqaror, yadro urushi ostonasida”, — deyiladi ingliz tilida taqdim etilgan hisobotda.

Pxenyanning taʼkidlashicha, bu yil Vashington Shimoliy Koreyaning suvereniteti va xavfsizligiga nisbatan har qachongidan ko‘proq “dushmanona harakatlarni amalga oshirmoqda”. Shuningdek, yarimoroldagi urush “misli ko‘rilmagan jahon va termoyadro urushiga aylanib borayotgani”, butun dunyodagi “eng halokatli va qaytarib bo‘lmaydigan oqibatlarga” olib kelishi haqida ogohlantirildi.

Shu munosabat bilan, agar Qo‘shma Shtatlar dushmanlik siyosati va doimiy harbiy tahdiddan voz kechmasa, KXDR o‘z suverenitetini himoya qilish uchun o‘zini o‘zi mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha saʼy-harakatlarini kuchaytirishda davom etadi, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »