Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” harakati ayollarni an’anaviy zulmdan ozod qildi va ularga “ozod odamlar” maqomini qaytardi. Bu haqda “Tolibon” oliy yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda Qurbon hayiti munosabati bilan bergan bayonotida aytib o‘tdi.

Foto: Nova24
“Xotin-qizlarni ko‘plab an’anaviy zulmlardan, jumladan, majburiy nikohdan qutqarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rildi, ularning shar’iy huquqlari himoya qilindi. Ayollarning ozod va hurmatga loyiq inson sifatidagi maqomi tiklandi. Barcha institutlar ayollarga nikoh, meros va boshqa huquqlarni taʼminlashda ko‘maklashishi shart etib qo‘yildi”, — deyiladi Oxundzodaning bayonotida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” ayollarning islom shariati asosida farovon hayot kechirishi uchun zarur sharoitni yaxshilash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil avgustida Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgach, “Tolibon” ular islomiy qadriyatlarga mos keladi, deb hisoblagan cheklovlarni joriy qilgandi. Xususan, harakat ayol teleboshlovchilarni hijob o‘rashga majburladi, ayol aktrisalar ishtirokidagi dramatik filmlar va ko‘rsatuvlar namoyishini taqiqladi.

“Tolibon” o‘rta va yuqori maktab o‘quvchi qizlarining maktabga borishini, qizlarning universitetlarda o‘qishini taqiqladi, professor-o‘qituvchilar jamoasi vakillariga universitetlar eshiklarini yopdi, ayollarni barcha milliy va xalqaro nohukumat tashkilotlarida ishlashdan chetlashtirishni buyurdi. Bu qarorlar ko‘plab xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tanqidlarga sabab bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »