Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida kelgusi yetti yilda turizmni rivojlantirishga oid rejalar haqida to‘xtaldi.

“Turizm sohasida yaratilgan 1 ta yangi ish o‘rni, boshqa sohalarda yana 2 ta ish o‘rni paydo bo‘lishiga turtki beradi. Ochiq aytadigan bo‘lsak, jazirama issiq va izg‘irin sovuqda, hammani paxtaga majburiy safarbar etgan yillarda ham, O‘zbekiston paxta tolasining eksporti 1 milliard dollardan oshmagan”, — dedi nomzod.

Shavkat Mirziyoyev hozirgi kunda turizm eksporti bu marradan oshib o‘tganini aytdi. “Agar uni 3-4 barobar oshirsak, jaydari qilib aytganda, “paxta ekmasak” ham bo‘laveradi”, — deydi nomzod.

Shunga ko‘ra:

  • barcha xalqaro aeroportlarda xorijiy turistlarga O‘zbekistonda sotib olgan mahsuloti uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarib berish yo‘lga qo‘yiladi;
  • xorijdan turist olib kelgan tur-operatorlarga eksportchi korxonalar kabi, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘liq qaytarib beriladi;
  • tur-operatorlar transportiga shahardagi turistik marshrut va ob’yektlarga borish uchun qulay harakatlanish sharoitlari ta’minlanadi;
  • chet eldan olib kelingan turistik transport vositalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini 3 yil ichida foizsiz va bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Shavkat Mirziyoyev vodiydan Toshkent, Nukus, Buxoro va Urganch shaharlariga kunlik aviareyslar ko‘paytirilishini aytdi.

“Ichki turizmni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratamiz. 2030-yilga borib, kamida 25 million aholimiz mamlakatimiz bo‘ylab sayohat qilishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi”, — dedi nomzod.

Xususiy sheriklik asosida:

  • mamlakat miqyosida shaharlararo avtobus qatnovini ta’minlaydigan kompaniyalar tashkil etiladi;
  • vodiyning tuman va shaharlarini bog‘lovchi “Oltin vodiy sayyohlik halqasi”, Xorazm va Qoraqalpog‘iston bo‘ylab “Qal’alar halqasi” kabi yangi turistik yo‘nalishlar ochiladi;
  • yaxshi qo‘shnichilik siyosati davom ettirilib, Namanganda Nanay va Farg‘onada Shohimardon hududlarining turizm salohiyati to‘liq ishga solinadi;

  • hududlarda yana 4 mingta mehmonxona, mehmon uylari va hostellar tashkil etilib, mehmon o‘rinlari soni kamida 2 barobar oshiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »