Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Misr hukumati tomonidan O‘zbekistonga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan gepatit B ga qarshi dori vositalari 25-iyun kuni Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Foto: “Dunyo” AA

O‘zbekiston elchixonasidan olingan maʼlumotga ko‘ra, Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida O‘zbekistonga insonparvarlik yordami sifatida gepatit B ga qarshi “Entecavir” dori vositalarini ajratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Umumiy hajmi 5 ming qutidan ortiq “Entecavir” dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga beriladi.

Taʼkidlanishicha, Misr gepatit B va C viruslariga qarshi kurashda dunyo miqyosida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan mamlakat hisoblanadi. Misr Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, mamlakat aholisi ushbu kasallikdan butunlay forig‘ bo‘lgan va bu haqda vazir Xaled Abdug‘affor 21–30-may kunlari Jenevada bo‘lib o‘tgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 76-sessiyasida maʼlum qildi.

Xalqaro tashkilot mutaxassis va ekspertlari Misrning ushbu yo‘nalishdagi yutuqlarini o‘rgandi va joriy yilning iyun oyida tegishli hisobot eʼlon qilishi hamda gepatit C virusi batamom barham etilgani haqidagi shahodatnoma Misr hukumatiga taqdim etilishi kutilmoqda. Uzoq yillar davomida ushbu kasallikdan aziyat chekkan Misr uni yengishga muvaffaq bo‘lgan dunyodagi birinchi davlatga aylanmoqda. 

Misr hukumati mazkur yutuqlarga erishish uchun “100 million sog‘lom hayot” milliy dasturini ishlab chiqib, uni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Bunda asosiy eʼtibor dunyoning mashhur farmatsevtika kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va kengaytirishga qaratildi.

Bundan avval Misrdan O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalari sakkizta partiyada yetkazib berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »