Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi davlat hisobidan ta’minlanganini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Putinga ko‘ra, 2022-yilning mayidan 2023-yilning mayigacha hukumat xususiy harbiy kampaniyaga 86 milliard rubldan ortiq (1 mlrd dollardan ortiq) pul to‘lagan. Shu bilan birga, Konkord kompaniyasining egasi “Voentorg” orqali bir yilda davlatdan 80 milliard rubl daromad olgan.

“Umid qilamanki, hech kim hech narsa o‘g‘irlamadi yoki kamroq o‘g‘irladi, lekin biz hammasi bilan shug‘ullanamiz”, — dedi Rossiya prezidenti.

Shuningdek, u “Vagner” guruhi jangchilari mamlakatda hurmatga sazovor bo‘lib, “mardlik va qahramonlik ko‘rsatganini” aytdi.

“ ‘Vagner’ guruhiga kelsak, biz bu guruh jangchilari va qo‘mondonlariga doimo katta hurmat bilan munosabatda bo‘lganmiz, chunki ular haqiqatan ham jasorat va qahramonlik ko‘rsatgan”, — dedi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »