Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘pchilik turk seriallarini tomosha qiladi. Biroq ularda o‘ynagan aktyorlarning ba'zilari suratga olish maydonchasidagi partnyorlarni yoki keng jamoatchilikka mutlaqo notanish odamlarni umr yo‘ldosh sifatida qabul qilganini hamma ham bilmaydi.

Halit Ergench va Berguzar Korel

Foto: AdMe

Halit va Berguzar munosabatlarini 2009-yilda rasmiylashtirgan. Bir necha yil o‘tgach, ular “Muhtasham yuz yil”da birga rol ijro etishadi, ammo Berguzar faqat bitta epizodda ko‘ringan xolos. To‘ydan bir yil o‘tib, ularning birinchi farzandi, 2020-yilda ikkinchi o‘g‘li, 2021-yilda esa qizi dunyoga keldi.

Kivanch Tatlitug‘ va Bashak Dizer

Foto: AdMe

Kivanch Tatlitug‘ “Taqiqlangan sevgi” va “Ezel” seriali chiqqanidan keyin tomoshabinlarga maʼlum bo‘ldi. 2016-yilda u Bashak Dizer bilan turmush qurgan. 2022-yil aprel oyida er-xotin farzandli bo‘lishdi.

Hazal Kaya va Ali Atay

Foto: AdMe

Hazal Kaya va Ali Atay turk kinosining taniqli aktyorlik juftliklaridan biridir. Ular munosabatlarini 2019-yilda rasmiylashtirishgan. “Taqiqlangan sevgi” yulduzi turmush o‘rtog‘i bilan ikki farzandni tarbiyalamoqda.

Pelin Karahan va Bedri Guntay

Foto: AdMe

Pelin Karahan tomoshabinlarga “Muhtasham yuz yil” filmidagi roli bilan tanish. Bedri Gyuntayga turmushga chiqishdan oldin u avvalgi nikohidan ajrashgan edi. Yoshlar hozirgi munosabatlarini 2014-yilda rasmiylashtirishdi. Shu yili ular o‘g‘il ko‘rdilar, 2017-yilda esa ikkinchi marta ota-ona bo‘lishdi.

Beren Saat va Kenan Doulu

Foto: AdMe

“Muhtasham yuz yil” va “Taqiqlangan sevgi” filmlaridagi rollari bilan tanilgan Beren Soat va qo‘shiqchi Kenan Doulu 2012-yilning fevralida uchrasha boshlagan. 2 yildan so‘ng ular unashtirilganliklarini e’lon qilishdi va 2014-yilda esa rasman nikohdan o‘tishdi.

Saadet Aksoy va Pamir Kiraner

Foto: AdMe

Saadet Aksoy “Muhtasham yuz yil” filmidagi ajoyib roli bilan ko‘plab tomoshabinlar xotirasida qoldi. 2014-yilda u Pamir Kiranerga turmushga chiqdi. Aktrisa kamdan-kam hollarda birgalikdagi rasmlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiradi, ammo fotosuratlar kam bo‘lsa ham er-xotin baxtli ekanligini ko‘rish mumkin. 2020-yilda ular qiz farzandli bo‘lishdi.

Qodir Dog‘ulu va Neslihan Atagul

Foto: AdMe

Ko‘pchilik Qodir Do‘g‘uluni “Muhtasham yuz yil: Kosem imperiyasi” serialidagi rolidan taniydi. 2013-yilda “Istanbulning ikki yuzi” seriali suratga olish jarayonida Neslihan Atagul bilan tanishgan. Uch yil o‘tgach, yulduzlar turmush qurishdi.

Erkan Petekkaya va Didem Petekkaya

Foto: AdMe

Erkan Petekkaya “Tekin foyda”, “Senga vaʼda beraman”, “Parcha”, “Bu qiz” kabi seriallarda suratga tushgan. 2003-yilda u Didemga uylanadi. Er-xotin shaxsiy hayotlari haqida gapirmaslikni afzal ko‘rishadi, ammo ularning bitta farzandi borligi ma'lum.

Murat Yildirim va Imon Albani

Foto: AdMe

Murat Yildirim hozirgi turmush o‘rtog‘i bilan uchrashishdan oldin, “Bo‘ron” serialining suratga olish jarayonida tanishgan Burchin Terzio‘g‘li bilan turmush qurgandi. 2016-yilda, ajrashganidan 2 yil o‘tgach, u “Marokash go‘zali” unvoni egasi Iman Albaniga uylanadi. 2022-yilda ularning uzoq kutilgan qizi dunyoga keldi.

Selma Ergech va Jan Oz

Foto: AdMe

Ko‘pchilik Selma Ergechni “Muhtasham yuz yil” filmidagi Xadicha Sulton roli bilan eslaydi. 8 yil avval u Jan Oz bilan baxtli turmush qurgan. 2016-yilda er-xotinning Yasmin ismli qizi dunyoga keldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »