Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tayvan Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Lin Venxuanning aytishicha, agar Xitoy Xalq ozodlik armiyasining (XXOA) samolyotlari va kemalari orol yaqinidagi 12 millik (taxminan 22,2 km) zonaga ogohlantirishsiz kirsa, Tayvan qurolli kuchlari ularni yo‘q qilishga majbur bo‘ladi. Bu chora Tayvan bo‘g‘ozi xavfsizligini himoya qilish uchun ko‘riladi, dedi u. 

Tayvan mudofaa departamenti vakilining aniqlik kiritishicha, Xitoy samolyotlari yoki kemalari Tayvan bo‘g‘ozining o‘rta chizig‘ini kesib o‘tganidan so‘ng, orol qurolli kuchlari ularning keyingi harakatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Agar XXOA kuchlari bizning ogohlantirishlarimizni e'tiborsiz qoldirishda davom etsa va bizning havo hududimiz  va suv zonamizga kirishda davom etsa, biz milliy xavfsizlikni himoya qilish uchun tezda zarba beramiz, — dedi Lin Venxuan.

24-iyun kuni Tayvan Mudofaa vazirligi orolga yaqinlashayotgan beshta kema va 19 ta XXOA samolyotini qayd etdi. Kamida sakkizta samolyot Tayvan bo‘g‘ozining o‘rta chizig‘ini kesib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Ular orol qirg‘og‘idan 24 milya (taxminan 44,5 km) uzoqlikdagi dengiz hududlariga yaqinlashdilar.

Iyun boshida Xitoy mudofaa vaziri Li Shanfu Xitoy hukumati Tayvan bilan tinch yo‘l bilan birlashishga intilayotganini aytdi. Shu bilan birga, agar kimdir Tayvanni mamlakatdan ajratishga qaror qilsa, kuch ishlatishni istisno etmadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »