Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mo‘g‘ulistonning Xitoy bilan chegarasida bubonli vabo bilan kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Foto: Getty Images

Yigitning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda, shu munosabat bilan viloyat shifoxonasida infeksion nazorat rejimi joriy etilgan. Mo‘g‘ulistonning Xitoy bilan chegaradosh Gobi-Oltoy viloyati hududiy kasalxonasiga bubonli vaboga gumon qilingan bemor og‘ir ahvolda yotqizilgan.

Zoonoz infeksiyalarni o‘rganish milliy markazi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Enxbayarin Dulmaa viloyatda 6 kundan beri yuqori darajadagi ogohlantirish rejimi joriy etilganini aytdi.

“Bemor, 21 yoshli yigit yuqori isitma va boshqa alomatlar bilan viloyat shifoxonasiga kelgan. U bilan aloqada bo‘lgan 40 kishi zudlik bilan izolyatsiyaga olingan”, — deydi markaz xodimi.

Bemorning kasallik bo’yicha tahlil natijalari hali olinmagan, shuning uchun yakuniy tashxis hali tasdiqlanmagan.

Yigitning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Bemor joylashgan hududiy shifoxonada infeksiyani nazorat qilish tartibi joriy etilgan.

“27-iyun kuni soat 02:00 dan boshlab va keyingi 6 kun ichida aholi punkti va viloyat hududidan tashqarida aholining kirish-chiqishiga cheklov qo‘yiladi, spirtli ichimliklar savdosi vaqtincha taqiqlanadi, barcha tibbiyot muassasalari yuqori darajadagi shay holatga keltiriladi”, — deydi maxsus komissiya.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »