Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Joriy yilning bahorida yangi turk seriali “Muhabbat afsonasi”ning premyerasi bo‘lib o‘tdi va ilk qismlaridanoq ko‘plab tomoshabinlarni lol qoldirdi.

“Muhabbat afsonasi”: yangi serial nima haqida?

Filmdan kadr

Rejissor Ali Balji “Sohibjamol va maxluq” qissasining yangi versiyasini suratga olishga qaror qildi. Film voqealari shafqatsiz va jahldor yigit — Guljamol Shahin (Murat Yunalmish) yashaydigan Bolu nomli kichik shaharchada yuz beradi.

Biroq qahramon turli sabablarga ko‘ra shunday odamga aylangan. Bolaligida singlisi Gulandom bilan onasi Zafer tomonidan tashlab ketilgani uchun ham Guljamol juda erta yoshda dunyoni pushti ko‘zoynaksiz ko‘ra boshlagan. U hammadan nafratlanadi, barcha muvaffaqiyatsizliklari va muammolari uchun qarindoshlarini ayblay boshlaydi. Onasi esa bir qilmishidan keyin o‘g‘lini kechirolmaydi.

Filmdan kadr

Vaqt o‘tishi bilan Guljamol ona shahrini tark etadi, lekin shunga qaramay, uni ranjitgan odam — onasini hayotini barbod qilish va qarindoshlari bilan birga bo‘lish uchun qaytishga qaror qiladi. Bosh qahramon shunday qiladiki, onasining boradigan joyi qolmaydi va u oxir-oqibat unga yordam so‘rab murojaat qiladi. Lekin u ham o‘g‘lining barcha “zaif tomonlarini” biladi va kurashni to‘xtatmoqchi emas.

Film sujetiga ko‘ra Guljamol bolalikdan to‘planib qolgan alamlarini tezda hal qiladigandek ko‘rinadi, ammo unday emas. Taqdir uni ipak bo‘yash bo‘yicha mutaxassis Deva Nakkashog‘lu (Melis Sezen) ismli maftunkor va shaddod qiz bilan uchrashtiradi.

Filmdan kadr

Ma’lum bo‘lishicha, u Zaferning qo‘lida ishlaydi va to‘yga hozirlik ko‘rayotganda Guljamolning dushmanlari marosimni o‘tkazishga ruxsat berishmagan. Aynan shu go‘zal qiz Deva qahramonning qalbini eritib yuboradi. Endi uning oldida ikkita yo‘li bor — oilaviy qasosini davom ettirish yoki barcha alamlarni unutib, baxtli bo‘lish.

Nega serial turlicha baholanmoqda?

Albatta, bu turk seriali ham boshqa klassik seriallarga o‘xshaydi, ammo tomoshabinlar qahramonlar mutlaqo noto‘g‘ri tanlanganligini da'vo qilmoqdalar:

“Men qasos oladigan turk erkaklarini yoqtirmayman. Ular “Beqaror”dagi kabi ayanchli va farqiga bormay qasos oladi; “Boshqalarni bilmadim-u, lekin menga Deva Guljamoldan ham yomonroqdek tuyuldi. U telba va o‘zini boshqarolmaydigan xonimchaga o‘xshaydi”; “Devani o‘ynagan aktrisaning o‘rniga boshqa aktrisani qo‘ygan bo‘lardim. Masalan, Afra Sarachog‘li, u yoqimtoyroq. Hozirgi aktrisa esa butun serialni buzgan”.

Qiziqarli faktlar

Filmdan kadr
  • Serkan Chayog‘lu bosh qahramon bo‘lishi kerak edi, ammo u serialning shafqatsiz sujeti tufayli o‘ynashni xohlamaydi. Tomoshabinlar Murat Yunalmishni “Qush qanotidagi sevgi”, “Bir paytlar Chukurovada” va “Telba yurak” filmlaridan tanishadi.
  • Melis Sezen “Sadoqatsiz” serialidagi roli tufayli mashhurlikka erishgan.
  • Suratga olish ishlari Turkiyadagi vayronkor zilzilalar tufayli to‘xtatilgandi. Shuning uchun “Guljamol” rejalashtirilgan sanadan biroz kechroq chiqdi.
  • Serial ssenariysi avval “Beqaror” va “Aziz ”serialida ishlagan Eda Taezjan tomonidan yozilgan.
  • Zafer rolini “Beqaror” serialida xuddi shunday rolda suratga tushgan Ayda Aksel ijro etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »