Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha prezidenti Anjey Duda Kiyevga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi. U Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi. Uning safari Ukraina Konstitutsiyasi kunini nishonlashga to‘g‘ri keldi.

Davlat rahbarlari frontdagi vaziyatni, jumladan, “Rossiyaning Zaporojye atom elektr stansiyasiga hujum qilish xavfini muhokama qiladi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida. Ikki davlat prezidentlari 11-12-iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitiga tayyorgarlik haqida ham gaplashishi kutilmoqda.

4-aprel kuni Vladimir Zelenskiy Varshavaga tashrif buyurdi, bu uning bir yildan ortiq vaqt davomida birinchi xorijiy tashrifi bo‘ldi. Polsha rasmiylari uni Oq burgut ordeni bilan taqdirladi, shuningdek, bu yozda NATOdan qo‘shimcha qurollar yuborish va xavfsizlik kafolatlarini ta’minlashga yordam berishga va’da berishdi.

Bugun, 28-iyun kuni Litva prezidenti Gitanas Nauseda ham e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga keldi, u ham Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »