Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonga Ispaniyadan Talgo kompaniyasining 4 ta tezyurar “Afrosiyob” elektropoyezdi keltirilishi haqida xabar berilgan edi. “O‘zbekiston temiryo‘llari” tezyurar poyezdlarni faqatgina Talgo kompaniyasidan emas, dunyoning boshqa kompaniyalaridan ham sotib olish ko‘zda tutilganini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, Ispaniyada bo‘lib o‘tgan Patentes Talgo kompaniyasi rahbari Karlos Palasio Oriol, O‘zbekiston elchisi Jahongir G‘aniyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston uchun yana to‘rtta Afrosiyob elektropoyezdi ishlab chiqarishga tayyorligini maʼlum qildi xolos.

Shuningdek, buyurtmani moliyalashtirish uchun Ispaniya hukumati huzuridagi Ispaniya kompaniyalarini xalqarolashtirish jamg‘armasi (FIEM)dan uzoq muddatli imtiyozli kreditlarni jalb qilish mumkinligini taklif etdi xolos.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda oltita yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Jamiyat tomonidan yaqin yillar ichida zamonaviy, yuqori tezlikda harakatlanuvchi tezyurar poyezdlar sonini yana 4 taga ko‘paytirish rejalashtirilgan. Endilikda xarid qilinadigan yuqori tezlikdagi elektropoyezdlarni faqatgina Talgo kompaniyasidan emas, balki yo‘lovchilarning takliflarini o‘rgangan holda, dunyodagi eng ko‘zga ko‘ringan zamonaviy elektropoyezdlar ishlab chiqaradigan kompaniyalardan xarid qilish ko‘zda tutilgan.

Xabarda aytilishicha, bugungi kunda “O‘zbekiston temiryo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining mutasaddi mutaxassislar tomonidan mazkur yo‘nalishdagi dunyoning yetakchi kompaniyalarining takliflari o‘rganilmoqda. Bunda, O‘zbekistonning o‘ziga xos qish va yoz mavsumidagi iqlim sharoitlari inobatga olinmoqda, yo‘lovchilarni tashish sharoit va qulayliklari, yo‘lovchilar sig‘imi va boshqa jihatlar o‘rganilmoqda.

2022-yilda “O‘zbekiston temiryo‘llari” 8 ta yangi yo‘nalishda temiryo‘l qatnovlari tashkil etish rejalashtirilayotgani, buning uchun 34 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilinishini ma’lum qilgandi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »