Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kim Keon Xining aytishicha, uning go‘zallik siri doimiy o‘zini rivojlantirishdadir. Biroq ko‘pchilik o‘qish va yangi tillarni o‘rganish ajinlarni kamaytirishiga ishonmaydi.

Foto: Legion Media

Koreys ayollarining go‘zallik sirlari haqida afsonalar mavjud va bu bejiz emas: bu mamlakatdagi ko‘plab ayollar chindan ham chinni qo‘g‘irchoqlarga o‘xshaydi — ular haqiqiy yoshidan ancha yosh ko‘rinadi. Ba’zilar buni terini ko‘p bosqichli parvarish qilish va shiliqurt niqoblari natijasi deb bilishadi. Boshqalarning aytishicha, Janubiy koreyaliklar bolalikdan SPF krem qo‘llashni boshlaydi va shu yo‘l bilan zararli quyosh nurlaridan himoyalanishadi. Ayrimlar esa hammasi plastik jarrohlik natijasi deb hisoblaydi. Nima bo‘lsa ham koreys ayollari haqiqatan ham vaqtni orqaga qaytarishga muvaffaq bo‘lgandek tuyuladi va bunga mamlakatning birinchi xonimi Kim Keon Xi yorqin misol bo‘la oladi. Hozir u 50 yoshda, lekin bunga mutlaqo ishonmaysiz, chunki u maksimal 30 yoshga o‘xshaydi.

Foto: Legion Media

Kim Keon Xining go‘zalligi va yoshligi butun dunyoni hayratga solgan, yaqinda u yana barchaning e’tiborini tortdi. U turmush o‘rtog‘i — Janubiy Koreya prezidenti Yun Sek Yol bilan Fransiyaga rasmiy tashrif bilan keldi va Emmanuel Makronning rafiqasi — 70 yoshli Brijit bilan Yelisey saroyida tushlik qildi. Albatta, birinchi xonimlar birgalikda suratga tushishdi, suratda ularning yosh farqi yanada yaqqol sezildi.

Foto: Legion Media

Kim Keon Xi juda yashirin hayot kechirsa-da, Janubiy Koreyadagi eng mashhur ayollardan biri sanaladi. Faqat vaqti-vaqti bilan eri bilan omma oldida paydo bo‘ladi, lekin intervyu bermaydi va shaxsiy hayoti haqida gapirmaydi. Mashhur jurnallar muharrirlari birinchi xonimni bir necha bor muqova uchun suratga tushishga taklif qilishgan, ammo bunga javoban ular muloyim “yo‘q” degan javobni eshitishgan.

Foto: Legion Media

To‘g‘ri, ular Kim Keon Xidan uning go‘zalligi sirini bilishga muvaffaq bo‘lishdi, lekin ko‘pchilik bunga ishonmadi. Prezidentning rafiqasi ko‘p vaqtini o‘zini rivojlantirishga bag‘ishlagani – chet tillarni o‘rgangani, o‘qiyotgani va sog‘lom turmush tarzini olib borgani uchungina yosh ko‘rinishini aytadi. “Miya qanchalik yosh bo‘lsa, ajinlaringiz shunchalik kam bo‘ladi”, — deydi Kim. Lekin ko‘pchilik uning bu so‘zlariga ishonmadi.

Foto: Legion Media

Ba’zi internet foydalanuvchilari birinchi xonim muntazam ravishda kosmetologlar va plastik jarrohlar yordamiga murojaat qiladi deb o‘ylashadi: hech bo‘lmaganda terisini o‘z sohasining eng yaxshi mutaxassislar parvarishlashi uchun katta pul sarflashi aniq. Boshqalar Kim Keon Xining barcha rasmlari nashrdan oldin Fotoshopda ehtiyotkorlik bilan qayta ishlanganiga ishonadi, boshqalari esa uni yosh sohibjamol deb hisoblamaydi. Taxminlarga ko‘ra, Kimning yoshi uning ko‘zlari, bo‘yni va qo‘llari atrofidagi ajinlar bilan belgilanadi. Biroq bu fikrlarning barchasini hisobga olsak ham, ayolning 50 yoshdaligiga ishonib bo‘lmaydi.

Foto: Legion Media

2019-yilda turmush o‘rtog‘i Yun Seok Yol prezident etib saylangach, Kim Keon Xi Janubiy Koreyaning birinchi xonimi bo‘ldi. Ayni paytda ularning turmush qurganiga 10 yildan oshgan bo‘lsa-da, farzandlari yo‘q, ammo to‘rtta mushugi bor. Yon Seok Yol lavozimiga kirishgunga qadar mamlakat bosh prokurori bo‘lgan, ammo Kim katta ishda ishlamagan. Yoshligida u bir muncha vaqt tungi klubda hostes (mehmonlarni kutib olib, alohida xizmat ko‘rsatuvchi) bo‘lib ishlagan. Sharq mamlakatlarida bunday faoliyat fohishalar ishi bilan tenglashtirilgan. To‘g‘ri, Kim barcha ayblovlarni rad etadi: u shunchaki mehmonlarni stollarga kuzatib qo‘yganini va ularga menyu olib kelganini ta’kidlaydi.

Foto: Legion Media

Ko‘p o‘tmay, Kim Keon Xi bu ishini tashlab, birjada pul ishlashni boshlaydi, ammo ko‘pchilik bunday joyda halol pul topib bo‘lmasligini biladi. Gap shundaki, o‘sha yerda ayol nufuzli biznesmen bilan tanishgan va unga maxfiy ma’lumotlarni yetkazib turgan. Bo‘lajak birinchi xonim bilan bog‘liq janjallar bir necha yil davomida etadi — Yun Seok Yelga turmushga chiqmaguncha to‘xtamaydi. Uning obro‘sida bir nechta qora dog‘lar bo‘lsa-da, Kim Keon Xining go‘zalligi, albatta, tan olinishi kerak.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »