Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Varshava NATOning Nuclear Sharing yadroviy tiyib turish dasturiga qo‘shilishni istayotganini bildirdi. Bu haqda u Bryusseldagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Foto: Getty Images
“Rossiya Belarusda taktik yadro qurolini joylashtirish niyatida ekani sababli, biz butun NATO blokidan Nuclear Sharing dasturiga qabul qilishini so‘raymiz”, — dedi bosh vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Polsha “Rossiya prezidenti Vladimir Putin har xil tahdidlarni oshirib borayotgan bir paytda qo‘l qovushtirib o‘tirishni” istamaydi.

Nuclear Sharing — NATO doirasidagi kelishuvlar, harbiy blokning barcha a’zolari xavfsizligini kafolatlash uchun alyansga a’zo mamlakatlarning yadroviy salohiyat bo‘yicha birgalikdagi faoliyatini ta’minlaydi.

Birgalikda yadroviy missiya faqatgina NATOning Yadroviy rejalashtirish guruhidan siyosiy tasdiq, AQSH prezidenti va Buyuk Britaniya bosh vaziridan ruxsat olgandan keyingina ishga tushirilishi mumkin.

Yadro qurolini taqsimlash to‘g‘risidagi bitim alyansning yadroviy tiyib turish hamda tegishli siyosiy majburiyatlari va qarorlarini amalga oshirishga qaratilgan.

NATOga a'zo davlatlar orasida faqat uchta davlat rasmiy ravishda yadro quroliga ega: AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya.

Nuclear Sharing doirasidagi hamkorlik bo‘yicha yakuniy qaror Polsha hamkorlariga, xususan, AQSHga bog‘liq bo‘ladi.

“Biz bu borada tezkorlik bilan harakat qilishga tayyorligimizni e’lon qilamiz”, — dedi Polsha bosh vaziri.

Varshava NATO doirasida yadroviy qurol bo‘yicha potensial hamkorlik mavzusini birinchi marta ko'tarayotgani yo‘q. May oyida prezident Anjey Duda bu masala AQSH bilan muhokama qilinayotganini aytgan edi. Shu bilan birga, Duda “yaqin kelajakda Polsha yadro quroliga ega bo‘lishidan darak yo‘q”ligini ta’kidlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »