Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonda Issiqko‘l bo‘yida “kelajak shahri” qurilishi boshlandi. Bu haqda respublika prezidentining saytida xabar berildi.

Foto: Sputnik

30-iyun kuni Sadir Japarov tantanali marosimda shahar qurilishi uchun tamal toshini qo‘ydi.

Osmon nomli shaharni yetti-o‘n yil ichida qurish rejalashtirilgan; unda 500-700 ming kishi yashashi mumkin bo‘ladi.

Loyihaning qiymati 20 milliard dollarga baholanmoqda. Rasmiylarning aytishicha, qurilishda budjet mablag‘lari ishlatilmaydi.

Foto: Sputnik

Konsepsiyaga muvofiq, shahar tepadan qaraganda qirg‘iz milliy cholg‘usi bo‘lmish qomuzga o‘xshash bo‘ladi. Uning infratuzilmasi muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish, resurslardan maqbul foydalanish, ekologik toza transport turlari, shuningdek, yashil iqtisodiyot tamoyillariga rioya qilgan holda loyihalashtiriladi.

Foto: “Economist.kg”

Eslatib o‘tamiz, 29-iyun kuni Turkmanistonda Ashxoboddan 30 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Arqadag‘ “aqlli shahar”ning birinchi bosqichi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Turkmaniston rasmiylariga ko‘ra, yangi shahar ilg‘or raqamli, axborot-kommunikatsiya va yashil texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan. Birinchi bosqich qurilishiga 3,3 milliard dollar sarflangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »