Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmanistonda respublika prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirokida 29-iyun kuni mamlakatdagi ilk “aqlli shahar” — Arqadag‘ning ochilishi sharafiga tantanali tadbirlar boshlandi, deb xabar bermoqda “Turkmaniston-Oltin asr” davlat matbuoti.

Foto: “turkmenistan.gov.tm”

OAVga ko‘ra, yangi shahar qiyofasida milliy me’morchilik an’analari hamda me’morchilik va dizayndagi zamonaviy yo‘nalishlar uyg‘unlashgan. Aholi punkti infratuzilmasi xalqaro standartlarga javob beradi, jumladan, ekologik sohada ham aholiga maksimal qulaylik yaratadi. Shahar ko‘chalarida ekologik toza transport turlari – elektrobuslar va elektrotaksilar harakatlanadi.

Xuddi shu kuni, Arqadag’ shahar telekanali efirga chiqdi, shu nomli gazetaning birinchi soni nashr etildi.

Turkmanistondagi shaharning ochilish marosimiga 14 davlat va 12 xalqaro tashkilot, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, UNESCO’dan mehmonlar kelishi haqida xabar berilgan.

“Azatlik” radiosining xabar berishicha, bayram tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatning barcha viloyatlaridan 40 yoshgacha bo‘lgan oqsoqollar va davlat xizmatchilari yangi shaharga olib kelingan. Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, davlat tashkilotlari xodimlari bunday “ish safarlari” uchun o‘z hisobidan to‘lagan.

Arqadag‘ shahrining ochilishi 29-iyunda, respublika sobiq prezidenti, hozirda rasmiy ravishda Arqadag‘ (turkmanchadan “homiy”) unvoniga ega bo‘lgan parlament raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning tug‘ilgan kunida boshlandi. Shu kuni u 66 yoshga to‘ldi.

Biroq uning o‘zi bayramda ishtirok eta olmadi, chunki katta Berdimuhamedov Saudiya Arabistoniga Haj ziyoratini ado etish uchun davlat delegatsiyasiga boshchilik qilib ketgan, deyiladi mahalliy OAV xabarida. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »