Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Twitter foydalanuvchilarning kuniga o‘qishi mumkin bo‘lgan tvitlar sonini vaqtincha chekladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask ma’lum qildi.

Foto: Current Affairs

Endilikda oddiy akkauntga ega foydalanuvchilar kuniga 1000 tadan ko‘p bo‘lmagan xabarlarni o‘qiy oladi. Yangi akkauntlar uchun limit kuniga 500 ta tvit bo‘ladi. Verifikatsiya belgisiga (“Ko‘k galochka”) egalar uchun bu ko‘rsatkich 10 mingta xabarni tashkil qiladi.

“Ko‘k belgi”ni sotib olish oyiga 8 dollar, iPhone foydalanuvchilari uchun esa 11 dollar turadi. 

Mask dastlab tvit o‘qish bo‘yicha qattiqroq cheklovlar kiritgan, biroq xabar e’lon qilinganidan keyin bir necha soat ichida ularni o‘zgartirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur chora ma’lumotlarni yig‘ish va tizimni manipulyatsiya qilishning “ekstremal darajasi”ga qarshi kurashish maqsadida joriy etilgan.

U tizim manipulyatsiyasi deganda nimani nazarda tutganiga aniqlik kiritmagan.

“Bizning shunchalik ko‘p ma’lumotlarimizni olishdiki, bu oddiy foydalanuvchilar uchun xizmat ko‘rsatish sifatini yomonlashtirdi”, — dedi Mask va bu “vaqtinchalik favqulodda chora” ekanini bildirdi.

Mask ma’lumot to‘plash orqali nimani nazarda tutayotgani aniq emas. Ehtimol, gap sun’iy intellekt bilan ishlashga ixtisoslashgan kompaniyalar tomonidan, shu jumladan Open AI ChatGPT va Google Bard kabi chatbotlar uchun foydalaniladigan katta hajmdagi ma’lumotlarni avtomatik hisoblash haqida ketmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »