Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha Ichki ishlar vazirligi yuzlab qo‘shimcha politsiya xodimlarini Belarus bilan chegaraga “tarang vaziyat”, xususan, “Vagner” jangarilarining Belarusga ko‘chirilishi bilan bog‘liq holda yubordi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Mariush Kaminskiy xabar berdi.

Foto: “news-front.info”
“Belarus bilan chegaradagi keskin vaziyat tufayli chegarani tartibsizlik va terrorizmga qarshi kurash bo‘linmalarining 500 nafar politsiyachidan iborat guruhi bilan kuchaytirishga qaror qildim”, — dedi yozdi Polsha ichki ishlar vaziri Mariush Kaminskiy.

U hozirda chegarada turgan besh ming nafar chegarachi va ikki ming nafar harbiy xizmatchilar safiga politsiyachi ham qo‘shilishini ta’kidladi.

Polsha va Belarus chegarasidagi vaziyat

Polsha-Belarus chegarasidagi vaziyat 2021-yildan beri tarangligicha qolmoqda, Belarusdan Polshaga migrantlarning keskin oqimi qayd etilgan. 2023-yil boshidan beri Polsha chegarachilari Belarusdan davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga 12 mingdan ortiq urinishlarni qayd etgan.

Yaqinda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyadagi muvaffaqiyatsiz isyondan so‘ng “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin va uning ba’zi yollanma askarlariga boshpana berganida keskinlikning yangi bosqichi paydo bo‘ldi.

Avvalroq Polsha Belarus bilan chegarasini “Vagner” yollanma askarlari kelishi sababli mustahkamlashga qaror qilgandi. Polsha bosh vaziri o'‘inbosari Yaroslav Kachinskiy ta’kidlaganidek, Belarusdagi vagnerchilar soni 8000 ga yaqin bo‘lishi mumkin va bu “potensial yangi” vaziyatni yuzaga keltiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »