Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyaning Xatay viloyati aholisiga O‘zbekiston fuqarolari, jumladan, Turkiyadagi mehnat muhojirlarining mablag‘lari hisobidan sotib olingan va jihozlangan 57 ta konteyner uylar topshirildi, deb xabar beradi “Dunyo” agentligi.

Ma’lum qilinishicha, tadbir davomida o‘zbekistonlik diplomatlar 2023-yilning 6-fevral kuni sodir bo‘lgan zilziladan jabr ko‘rgan turk xalqiga yana bir bor chuqur hamdardlik bildirgan. O‘zbek xalqi fojia sodir bo‘lgan birinchi kundanoq turk birodarlariga yordam ko‘rsatgani, bu konteynerlarning Qurbon bayrami arafasida topshirilishi uy-joy masalasini hal etishning eng yaxshi yechimi ekanligi ta’kidlangan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Xatay viloyatini tiklash, jumladan, yaqin do‘stlik va hamjihatlikning yana bir yorqin timsoliga aylanadigan yangi uy-joylar va boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish borasidagi tashabbuslariga alohida e’tibor qaratilgan.

Antakya tumani meri Izzettin Yilmaz turk xalqi O‘zbekiston tomonidan fojianing birinchi soatlaridanoq ko‘ratilgan yordamni hech qachon unutmasligini qayd etdi. O‘zbekistonlik qutqaruvchilar, harbiy shifokorlar o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yib, eng og‘ir sharoitlarda mehnat qilib, jasorat va professionallik ko‘rsatib, jarohatlanganlarga har tomonlama yordam ko‘rsatgani alohida ta’kidlandi.

Mart oxirlarida Turkiyaning fevral oyidagi zilzilalardan jabrlangan Xatay viloyati Ovakent qishlog‘ida O‘zbekistonning xayriya yordami doirasida 100 ta turar joy konteyner o‘rnatilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Bunday modulli uylar Istanbuldagi o‘zbek diasporasi tomonidan 2016-yilda tashkil etilgan Seyhun ta’lim va madaniyat uyushmasining bevosita ko‘magida o‘rnatiladi. Ularning har birida bitta oila joylashishi mumkin.

Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etishda O‘zbekiston tomonining yordami

O‘zbekiston hukumati tomonidan 6-fevraldan 13-fevralgacha Adana viloyatiga qidiruv-qutqaruv, tibbiyot jamoalari hamda gumanitar yordamni tashuvchi 6 ta alohida kargo reysi tashkil etilgan

Turkiyaga 100 kishidan iborat O‘zbekiston qidiruv-qutqaruv jamoasi borib, Hatay viloyatida qutqarish ishlarini bajardi. 25-fevral kuni O‘zbekistonga qaytgan o‘zbek qidiruv-qutqaruv jamoasi qutqaruv ishlari davomida 18 kishini vayronalar ostidan tirik olib chiqdi, 190 kishining jasadini topishga erishdi. 71 kishilik tibbiyot xodimlari esa Hatay viloyatida dala gospitali o‘rnatib, 1795 nafar erkak, 1177 ayol va 888 nafar bolaga tibbiy yordam ko‘rsatdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »