Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin Belarusga ketganidan keyingi birinchi murojaatini e’lon qildi. Murojaat Grey Zone targ‘ibot-tashviqot kanalida e’lon qilindi.

Foto: “TASS”

Prigojin o‘z murojaatida isyon bilan bog‘liq bo‘lgan va uni deyarli Moskvaga olib borgan “adolat marshi‘ni esladi.

“Bugun biz har qachongidan ham ko‘proq sizning qo‘llab-quvvatlashingizga muhtojmiz. Buning uchun rahmat. Bizning ‘adolat marshimiz’ sotqinlarga qarshi kurashish va jamiyatimizni safarbar qilishga qaratilganini tushunishingizni istayman. O‘ylaymanki, biz bu borada katta muvaffaqiyatlarga erishdik”, — dedi u. 

O‘z murojaatida Prigojin jangchilarining bo‘lajak “frontdagi navbatdagi g‘alabalari” haqida ham gapirdi, ammo kelajakdagi rejalari va “Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi joylashgan joyni oshkor qilmadi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH razvedkasi “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinning Rossiyada isyon uyushtirish rejalari haqida bilgan, ammo razvedka ma’lumotlarini ittifoqchilaridan yashirgan.

Prigojinning isyoni paytida AQSH Moskva bilan muzokaralar olib borayotgani ma’lum bo‘lgan. Xususan, xalqaro standartlar talab qilganidek, muzokara AQSHdan kelgan diplomatlarning hayotini saqlab qolish haqida bo‘lgan.

Prigojin isyoni

“Vagner” bilan bog‘liq voqealar Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligini vagnerchilar lageriga zarba berishda ayblab, javob berishga va’da berganidan keyin boshlandi. 24-iyun kuni ertalab “Vagner” kuchlari Rostov-Dondagi Janubiy harbiy okrugi shtab-kvartirasini to‘sib, Moskva tomon yo‘l oldi. Rossiya Mudofaa vazirligi ayblovlarni rad etib, buni provokatsiya deb atadi.

O‘sha kuni kechqurun, Lukashenko bilan muzokaralar natijasida Prigojin chekinishni e’lon qildi. Kreml Prigojinga qarshi qurolli isyon bo‘yicha jinoiy ish to‘xtatilishi, vagnerchilar jinoiy javobgarlikka tortilmasligi va Prigojinning o‘zi Belarusga ketishi mumkinligini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »