Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu “Vagner” kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin tomonidan uyushtirilgan isyonga birinchi marta izoh berib, voqea qo‘shinlarga ta’sir qilmaganini aytdi. Shoyguning so‘zlarini “RIA Novosti” keltirmoqda.

Foto: RF Mudofaa vazirligi
“Bu rejalar, birinchi navbatda, Qurolli kuchlar shaxsiy tarkibi o‘z qasamyodi va harbiy burchga sodiqlik ko‘rsatgani uchun barbod bo‘ldi. Provokatsiya qo‘shinlarning harakatiga ta’sir qilmadi. Harbiy xizmatchilar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni jasorat va fidoyilik bilan hal qilishda davom etdi”, — dedi Shoygu.
  • Eslatib o‘tamiz, Yevgeniy Prigojin 23-iyun kuni isyon ko‘tarib, Moskvaga qarshi “adolat marshi” e’lon qildi. “Vagner” asoschisi mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovning iste’fosini talab qildi. Prigojin Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralardan so‘ng marshni to‘xtatdi, yollanma askarlar Ukrainaning Lugansk viloyatiga qaytdi.
  • Isyon davom etayotgan vaqtda Sergey Shoygu jamoatchilik oldida ko‘rinish bermadi, nimalar bo‘layotganini ham izohlamadi.
  • 26-iyunga kelibgina Rossiya Mudofaa vazirligi Shoyguning rus qo‘shinlarining “front oldi qo‘mondonlik punkti”ga tashrif buyurgani aks etgan videoni e’lon qildi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, isyondan so‘ng Shoyguning eng yaqin maslakdoshlariga nisbatan tekshiruvlar o‘tkazilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »