Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmaniston poytaxti Ashxoboddan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan yangi Arqadag‘ shahrida Aba Annayev nomidagi Xalqaro yilqichilik akademiyasi va Go‘rug‘li nomidagi ot sirki ochildi, deb yozmoqda “Neytralniy Turkmenistan” gazetasi.

“Turkmaniston qadimiy sof naslli Axalteke zotli otlarning vatani hisoblanadi. Akademiyaga afsonaviy otlarning naslchilik liniyalarini yaratishga hissa qo‘shgan mashhur murabbiyning nomi berilgan”, — deyiladi xabarda.

Yangi institut ot sporti va turizm, sirk sanʼati, chavandozlik va milliy ot sporti o‘yinlarini rivojlantirish bazasiga aylanadi. Akademiya yaqinida yilqichilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Go‘rug‘li davlat ot sporti sirki qurildi.

Ushbu majmualar forum, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladigan joy bo‘lib, xalqaro hamkorlik platformasini hosil qiladi.

Arqadag‘ning diqqatga sazovor joylaridan biri Axalteke ayg‘irining siymosini abadiylashtiruvchi “Oq xon” yodgorligi bo‘lib, u Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Yaqinda ushbu ot orqa oyoqlarida 10 metr masofani 4,19 soniyada bosib o‘tdi va 2016-yilda o‘rnatilgan avvalgi rekordni yangiladi.

Eziz Boyarov, Ashxobod

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »