Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya “Vagner” jangarilari qiymati qariyb 4 milliard dollarlik Qrim ko‘prigiga hujum uyushtirishni rejalashtirayotganidan xavotirda. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Foto: Varlamov News

Qrim yarimoroliga sayohat uchun yo‘l olgan sayyohlar yetti soatgacha navbatda turadi, chunki xavfsizlik xodimlari har bir mashinani portlovchi modda ehtimoliga tekshiradi. Dam olish kunlarida Rossiya tomoni intensiv tekshiruvlar o‘tkazgan.

Moskva “Vagner” amalda tarqatib yuborilganidan keyin uning askarlari hujum rejalashtirishi mumkinligidan qo‘rqib, shay holatda ekani aytilmoqda.

“Rossiya 2022-yil oktabr oyida hujumga uchragan ‘asr tuzilmasi’ hisoblangan Qrim ko‘prigi ‘Vagner’ nishoniga aylanishidan xavotirda. ‘Vagner’ jangchilari g‘azabi sababli hujum uyushtirishi, Putin isyonni to‘xtatish evaziga Prigojin bilan erishilgan kelishuvni buzishi mumkinligidan xavotir bor”, — deyiladi xabarda.

InformNapalm xalqaro razvedka hamjamiyati ham Qrimdagi ehtimoliy diversiya (qo‘poruvchilik) haqida ogohlantirgan.

Rossiya xavfsizlik xodimlarining tekshiruvlari shu darajaga yetdiki, ular bolalarni va mashinalarning ichki qismlarini tekshirishni boshladi. Prigojinning isyonidan so‘ng uning jangchilarining bir qismi Belarusga, qolganlari esa Rossiya armiyasiga qo‘shilishi kutilmoqda.

Belarusga ko‘chish Kreml va Prigojin o‘rtasidagi “Vagner” isyonini jinoiy oqibatlarsiz tugatish bo‘yicha kelishuvning bir qismi edi. Belarus allaqachon yollanma askarlar uchun “chodirlar tayyorlab qo‘ygan”.

“Vagner jangchilarining ko‘pchiligi o‘zlariga berilgan tanlovdan va xususiy yollanma guruhning yo‘q qilinganidan norozi”, — deyiladi xabarda.

Qrim nafaqat “Vagner”, balki Ukraina uchun ham potensial nishonga aylanadi. Yarimorol hozirda Buyuk Britaniya tomonidan taqdim etilgan Storm Shadow raketalarining radiusi ichida joylashgan, biroq sayyohlar plyajlar xandaqqa aylanganiga qaramay, u yerga dam olish uchun bormoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »