Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘onistonning Sarpul viloyatida turmush qurganiga bir oydan oshgan kelinchak o‘zini otib o‘ldirdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Illyustrativ foto: Getty Images

Viloyatdagi “Tolibon” politsiyasi to‘y marosimini kuyov ishtirokisiz nishonlagan qiz o‘z joniga qasd qilganini aytdi. Marhuma Sancharak tumani “Zanjon” qishlog‘ida yashagan. U 4-iyul kuni qurol bilan o‘ziga o‘q uzgan, biroq hodisa sababi ochiqlanmagan.

Ta’kidlanishicha, marhuma 19 yoshda bo‘lgan va qirq kun oldin turmush o‘rtog‘i ishtirokisiz o‘z to‘yini nishonlagan.

Afg‘onistonda ayollarga nisbatan qo‘llangan taqiqlar

Afg‘onistonlik ayollarning BMT idoralarida ishlashi, erkaklarga ayollar uchun kiyim tikish, ayollarning erkak shifokorlarga borishi, ayollarning shifoxonaga yolg‘iz borishi va ularning istirohat bog‘iga tashrif buyurishi taqiqlagan.

Shuningdek, Afg‘onistonda oilalar va ayollarning bog‘lari yoki yashil hududlari bo‘lgan restoranlarga kirishi va ayollar ovozi eshitilgan reklamalarni efirga uzatish taqiqlangan.

Mavzuga doir
Izoh

Aziz bek

05.07.2023, 05:47

Yangilikda sarlovhadagi gap maqolada ozgina toʻldirilgan, maqolani sifatiga ham eʼtibor berilar

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »