Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nursulton Nazarboyev o‘z nomidagi Avtonom ta’lim tashkilotlari oliy vasiylik kengashi rahbari maqomidan mahrum etildi. Bu haqda Akorda xabar berdi.

Foto: “nazarbayev.kz”
Davlat rahbari Qozog‘iston Respublikasining “Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kasbiy malaka, davlat mukofotlari, ijtimoiy ta’minot va ta’lim masalalari bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunini imzoladi, — deyiladi Akorda saytida.

Senat 29-iyun kuni tegishli qonun loyihasini ma’qullagan.

Uni amalga oshirish uchun “Nazarboyev universiteti maqomi to‘g‘risida”, “Nazarboyev intellektual maktablari” va “Nazarboyev jamg‘armasi” kabi qator qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

“Davlat rahbarining avtonom taʼlim tashkilotlarining oliy vasiylik kengashini tuzish bo‘yicha vakolatlarini belgilashga o‘zgartirishlar kiritish ko‘zda tutilmoqda”, — deyiladi Senat bayonotida.

Qonunning amaldagi tahririda Oliy Vasiylik kengashining birinchi raisi Nursulton Nazarboyev hisoblanadi. O‘zgartirishlarga muvofiq, prezident yoki u tomonidan tayinlangan shaxs oliy vasiylik kengashining raisi bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »