Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida 3-iyul kuni Madaniyat va turizm vazirligida 32 ta tuman (shahar) madaniyat va turizm bo‘limiga Damas avtomobili topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Tadbirda madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedovning aytishicha, o‘tgan 30 yilda madaniyat va turizm bo‘limlariga avtomashina berilmagan.

Bahodir Ahmedov
Foto: “Daryo”

Oddiy metodist lavozimidan o‘ttiz yil davomida pog‘onama-pog‘ona ko‘tarilib kelganman, lekin bunaqasi bo‘lmagan. Qaysidir viloyatda yoki tumanlarda madaniyatni, sanʼatni tushungan odamlar o‘z hududiga avtomashina yoki ovoz kuchaytirgich moslamalari, musiqiy jihozlar bergan bo‘lishi mumkin. Lekin umumiy tarzda butun respublikaga sanʼatkorlarni tadbirlarga avtoulovlarda olib borish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida barcha tumanlardagi madaniyat markazlarini avtoulov bilan taʼminlash to‘g‘risidagi qaror hech qachon chiqmagan”, — dedi vazir o‘rinbosari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, 2023-yil yakuniga qadar qo‘shimcha ravishda yana 70 dan ortiq Damas topshirish rejalashtirilgan.

“Kelgusi 2024-yilning oxirigacha barcha madaniyat muassasalari avtoulovlar bilan taʼminlanadi”, — dedi Bahodir Ahmedov.

Avvalroq Bahodir Ahmedov urushni ochiqdan ochiq qo‘llab-quvvatlovchi sanʼatkorlarning O‘zbekistonda konsert qo‘yishlari yuzasidan izoh bergan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »