Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikaning OceanGate Expedition xususiy kompaniyasi yaqinda “Titan” suvosti kemasidagi besh kishining o‘limiga sabab bo‘lgan voqeaga qaramay, Shimoliy Atlantika okeani suvlarida “Titanik” cho‘kib ketgan joyga ekspeditsiya uchun chiptalarni sotishda davom etmoqda.

Foto: OceanGate Expedition

2024-yil uchun sayohatlar jadvali kompaniyaning rasmiy saytida “Ekspeditsiyalar” bo‘limida e’lon qilingan. Saytda 2024-yil 12-iyundan 20-iyungacha va 21-iyundan 29-iyungacha ikkita ekspeditsiyadan birini tanlash mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 19-iyun kuni OceanGate  kompaniyasi “Titanik” cho‘kib ketgan joyga sayyohlarni yuborgan “Titan” bilan aloqa uzildi. Uch kundan so‘ng AQSH qirg‘oq xavfsizligining shimoli-sharqiy bo‘limi “Titanik” yaqinida vayronalar topilgani haqida xabar berdi. Tekshiruvlar xulosasiga ko‘ra, bortdagi odamlarning barchasi halok bo‘lgan. Ularning jasadlari hech qachon topilmasligi mumkin.

“Titan” bortida OceanGate Expedition prezidenti va asoschisi Stokton Rash, fransuz akvanavti Pol-Anri Narjole, Action Aviation samolyotlarini sotish va ekspluatatsiya qilish kompaniyasi egasi, britaniyalik milliarder Xamish Xarding hamda Buyuk Britaniyada yashovchi pokistonlik tadbirkor Shahzoda Dovud va uning o‘g‘li bor edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »