Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 1-son oilaviy poliklinikada ishlayotgan shifokorlarga vaʼda qilingan ustama pullari berilmayotganiga doir xabarlar tarqaldi. SSB holat yuzasidan munosabat bildirdi

Aniqlanishicha, ushbu murojaat egasi shifokor Q.S. bo‘lib, 2022-yil 1-noyabrdan Mirobod tuman 1-son oilaviy poliklinikasiga 0,5 shtat asosida tibbiy brigada oila shifokori lavozimiga ishga qabul qilingan.

Q.S. ayni paytda Toshkent davlat stomatologiya institutida 6-bosqichda tahsil olayotgani, yaqin oylarda homiladorlik taʼtiliga chiqishini hisobga olgan holda prezidentning “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va Vazirlar Mahqamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori hamda boshqa tegishli hujjatlarga muvofiq poliklinika rag‘batlantirish komissiyasi tomonidan salohiyatli yangi ish boshlagan yosh shifokorlar ro‘yxatiga kiritilmagan.

Shu boisdan unga ustama puli belgilanmagan. Shifokor Q.S. bilan suhbat davomida unga bu haqda maʼlumot berilib, tegishli lavozim maoshi tayinlangani tushuntirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »