Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyatida 32 yoshli fuqaroni urib o‘ldirishda ayblanib, sud qilingan 12 nafar IIB xodimining 10 nafari Jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudining 2023-yil 22-may kuni o‘qilgan hukmidan norozi bo‘lib, Toshkent viloyati sudining appelyatsiya instansiyasiga shikoyat qilgan. Ularning shikoyati sudya Saidahror Umarov raisligida ko‘rib chiqilmoqda.

Foto: “Daryo”

Maʼlum qilinishicha, tergov hibsxonasining sudga tortilgan 12 nafar xodimidan 10 nafari o‘zlariga tayinlangan hukmdan norozi bo‘lib, Toshkent viloyat sudining apellyatsiya instansiyasidan najot so‘ramoqda.

5-iyul kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida sud hayʼati advokatlar tarkibi to‘liq bo‘lmaganligi bois, OAV, xususan “Daryo” internet nashri jurnalistiga sudda shunchaki tinglovchi sifatida ishtirok etishga ruxsat berdi. 2023-yilning 12-iyul kuni davom etadigan navbatdagi sud majlisida advokatlar va tomonlar fikrini bilgach, shunga qarab foto, video hamda audiomateriallar olinishiga ruxsat berish-bermaslik masalasi hal etilishini maʼlum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashagan 32 yoshli S.M. 2022-yil 21-mart kuni IIB xodimlari va bir nafar mahkum tomonidan qiynoqqa solinishi oqibatida tergov hibsxonasida vafot etgandi. Sud marhumning o‘limiga sababchi deb topgan IIV JIEDga qarashli 3-son tergov hibsxonasida ishlovchi 6 nafar xodimning har birini 1 yil 6 oy muddatga ichki ishlar organlari tizimida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgandi. Shuningdek, qolgan 6 nafar xodim esa 1 yil 6 oy muddatga ichki ishlar organlari tizimi va shifokorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etilib, 3 yilga ozodlikni cheklash jazosi bilan jazolangandi. Bundan tashqari, marhum mahbusni kamerada kaltaklagan mahkum J.U.ga 4 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Foto: “Daryo”
Sudda marhumning onasi Yulduzxon Sultonova hamda ozodlikdan mahrum qilingan IIB xodimlarining yaqinlari ham ishtirok etmoqda. “Daryo” jurnalisti marhumning onasi va sudlanganlarning yaqinlariga ham mikrafon tutib, ularning fikrini o‘rgandi. Bu haqda “Daryo”da keyinroq batafsil o‘qishingiz mumkin bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »