Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida kelgusi yetti yildagi rejalariga to’xtaldi.

“Har yili 100 ta eng yaxshi badiiy asar hamda bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan 50 ta badiiy kitoblar yaratish uchun ijodiy buyurtma berilib, mualliflarga 100 million so‘mdan qalam haqi to‘lanadi. Bu kitoblar 20 ming nusxadan nashr qilinib, maktablar va kutubxonalarga bepul beriladi. Bunga har yili 200 milliard so‘m yo‘naltiramiz.

Shuningdek, kelgusi yetti yilda kutubxonalarning 40 millionga yaqin kitob fondi to‘liq raqamlashtiriladi va ularning yagona katalogi yaratiladi. Umuman, 2030-yilga qadar mamlakatimizdagi barcha kutubxonalar to‘liq ta’mirlanadi. Shu maqsadda 500 milliard so‘m ajratamiz”, – dedi nomzod.

Nomzod madaniyat va san’at sohalari vakillari, muzey va kutubxonalar xodimlari ish haqi kelgusi yetti yilda 3 karra oshirilishini ta’kidladi.

Bunda, maktab kutubxonachilarining ish haqi pedagog xodimlar oyligiga tenglashtiriladi.

“Shuningdek, 2030-yilga qadar madaniyat va san’at sohalari vakillari hamda adiblar uchun yangi qurilayotgan uy-joy massivlaridan 10 mingta xonadon imtiyozli shartlarda beriladi”, – dedi nomzod.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »