Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojinga 24-iyun kuni Sankt-Peterburg yaqinida joylashgan Shimoliy Versal qishlog‘idagi dala uyida tintuv o‘tkazish chog‘ida olib qo‘yilgan pistoleti qaytarildi. Bu haqda “Fontanka” xabar berdi.

Foto: Reuters

Ma’lum qilinishicha, gap “Vagner” yetakchisiga Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu tomonidan taqdim etilgan “Glok” pistoleti haqida bormoqda.

O‘z egasiga qaytarilgan arsenallar orasida ikkita Sayga karabini, avstriyalik Steyr Mannlicher o‘qli karabini, “Arka” yarim avtomatik vintovkasi va yana bir nechta miltiq, pistolet bor. Prigojin Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati federal xavfsizlik xizmati departamentidan qurollarini olib ketishi mumkin.

Avvalroq Prigojinga Sankt-Peterburgda tintuv chog‘ida qutilardan topilgan 10 milliard rubl ham qaytarilgandi. Prigojin bu pullar “Vagner” jangarilariga maosh to‘lash va halok bo‘lganlarning yaqinlariga tovon to‘lash uchun mo‘ljallanganini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »