Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi “Qazig‘urt” bojxona postida 24 ming litr Ai-92 benzinining noqonuniy olib chiqib ketilishining oldi olindi. Bu haqda Davlat daromadlari qo‘mitasiga tayanib, “Kazinform” xabar berdi.

Foto: “Kazinform”

Qayd etilishicha, “Qazig‘urt” bojxona punkti xodimlari 15-iyun kuni O‘zbekistonga yo‘l olgan DAF rusumli avtomashinani to‘xtatgan. O‘zbekiston fuqarosi nazoratida bo‘lgan avtomashinada bojxona deklaratsiyasiga muvofiq yuklangan “Oksigenat” rusumli tovarning hidi shubha uyg‘otib, ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, jami 24 dona plastik idishga (har biri 1 000 litrdan) benzinga o‘xshash suyuqlik solingani aniqlangan. Namunalar olinib, bojxona ilmiy-tadqiqot markaziga yuborilgan va natijada mahsulot Ai-92 benzini ekani tasdiqlangan.

Sud qaroriga ko‘ra, qoidabuzar maʼmuriy javobgarlikka tortilib, 103,5 ming tenge (2,6 million so‘m) miqdorida jarima solingan va olib qo‘yilgan tovarlar davlat foydasiga musodara qilingan. Qozog‘istonda hozirda avtotransport vositalarida benzin, dizel yoqilg‘isi va ayrim neft mahsulotlarini respublika tashqarisiga olib chiqish taqiqlangan.

2022-yilning avgust oyida Qozog‘istondan O‘zbekistonga noqonuniy olib o‘tilayotgan 2 milliard so‘mlik benzin to‘xtatib qolingandi. Shuningdek, Qozog‘istonning Pavlodar viloyatidan Tojikiston va O‘zbekistonga noqonuniy yo‘llar bilan vagonlarda benzin olib o‘tilayotgani aniqlangan edi. 2023-yilning may oyida esa Andijonda tadbirkorning 19,3 ming litr dizel va benzini talon-toroj qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »