Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning Vashington shahrida sodir bo‘lgan otishmada to‘qqiz kishi, jumladan, ikki nafar voyaga yetmagan bola jarohatlandi, deb xabar berdi mahalliy politsiya Twitter’dagi sahifasida.

Mahalliy vaqt bilan soat 01:00 atrofida politsiyaga otishma haqida xabar keldi — voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari bir necha kishi o‘qdan jarohat olganini aniqladi.

“Barcha jabrlanganlar hayoti uchun xavfli bo‘lmagan jarohatlar olgan. Bizda jami to‘qqiz nafar jabrlanuvchi bor. Ikki nafari voyaga yetmaganlar, biri to‘qqiz yoshda, ikkinchisi esa o‘n yetti yoshda”, — deydi Kolumbiya okrugining politsiya boshlig‘i yordamchisi Lesli Parsons videomurojaatda.
Foto: AP

Unga ko‘ra, hujumchilar ko‘chada AQSH Mustaqillik kunini nishonlayotgan mahalliy aholiga qarata o‘t ochgan. Qora rangli avtomobil qidiruvga berilgan.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari Texasning Fort-Uert shahrida, kamida uch kishi halok bo‘lgan va sakkiz kishi yaralangani haqida xabar bergan edi. O‘tgan hafta oxirida Baltimordagi otishmada kamida 29 kishi yaralangan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »