Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Tayvanga qurol sotish orqali uni “porox bochkasiga” aylantirmoqda. Bu haqda Xitoy Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Tan Kefey ma’lum qildi.

Foto: Getty Images
“Xitoy AQSHning Tayvanga qurol-yarog‘ sotishiga keskin qarshi chiqmoqda, AQSHga keskin bayonotlar yubordi. Qo‘shma Shtatlar esa Tayvan bo‘g‘ozi bo‘ylab taranglikni atay kuchaytirmoqda, bu Tayvanning porox bochkasiga aylanishini tezlashtirish va Tayvan xalqini falokat tubiga itarish bilan barobardir”, — dedi Tan Kefey jurnalistning Tayvan AQSHdan 440 million dollarga qurol sotib olayotgani bo‘yicha Xitoyning pozitsiyasi haqidagi savolga javob berib.

Pekin Vashingtonni “yagona Xitoy tamoyili”ga rioya qilishga va Taypeyga qurol sotishni, shuningdek, “AQSH va Tayvan o‘rtasidagi har qanday harbiy kelishuvni” darhol to‘xtatishga, Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamaslik majburiyatini bajarishga chaqirdi. Tan Kefeyning ogohlantirishicha, Xitoy armiyasi milliy suverenitet va hududiy yaxlitlikni, jumladan, Tayvan bo‘g‘ozidagi barqarorlikni qat’iy himoya qiladi

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasida Xitoy diplomatiyasi kuratori Van I Pekin Tayvan va uning hududiy yaxlitligi masalasida murosaga kelmasligini aytgandi. U, shuningdek, ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar boshi berk ko‘chaga kirib qolganini, AQSH va Xitoy mojaro yoki hamkorlikni tanlashi kerak bo‘lgan muhim bosqichda ekanini ta’kidlagan.

30-iyun kuni AQSH Davlat departamenti Tayvanga 440 million dollarlik o‘q-dorilar sotishni ma’qulladi.

Xitoy Tayvanni o‘z provinsiyasi deb biladi. AQSH Xitoyning Tayvan ustidan suverenitetini rasman tan olgan, biroq Pekin orolni kuch bilan egallashga qaror qilsa, Vashington bunga yo‘l qo‘ymasligidan ogohlantirgan.

Avvalroq Xitoy rahbari Si Szinpin armiyani “urushga tayyorlanishga” chaqirgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »