Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Benzin uchun kompensatsiya miqdori 2023-yil II chorakdan boshlab 55 foizga oshirildi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Qonunchilikda bir qator shaxslarga avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi oylik pul kompensatsiyasi sifatida to‘lanadi. 

Shu paytgacha mazkur to‘lov miqdori 75 000 so‘mni tashkil etar edi.

Endilikda hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga o‘zgartirishlar kiritilib, ushbu turdagi kompensatsiyaning yangi miqdori belgilandi.

“Unga ko‘ra, benzin uchun kompensatsiya miqdori 2023-yil II chorakdan boshlab 116 180 so‘mni tashkil qiladi (55 foizga oshdi).

Kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar yashash joyi bo‘yicha pensiya va nafaqalar tayinlanadigan organlarga murojaat qiladi” — deyiladi xabarda. .

Hukumat qaroriga ko‘ra, quyidagilar oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga egadir:

  • urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq;
  • urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq;
  • mehnatda mayib bo‘lish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar;
  • I va II guruh bolalikdan nogironlar.

Benzin uchun kompensatsiya to‘lovlari "O‘zbekneftgaz" tomonidan moliyashlashtiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »