Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiyni mamlakatga tashrif buyurishga taklif qildi. Bu haqda Sabah xabar berdi.

Foto: Getty Images

Erdo‘g‘on NATOning Vilnyusdagi sammiti oldidan Zelenskiyni muzokaralar uchun Turkiyaga taklif qilgan. Siyosatchilar nimalarni muhokama qilishi noma’lum.

“Ukraina va Turkiya prezidentlari Istanbulda uchrashadi”, — deyiladi xabarda.

Turkiya rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Zelenskiy bilan tez-tez uchrashadigan yetakchilar qatoridan joy olgan.

Erdo‘g‘on va Zelenskiyning Turkiya hududida uchrashishi tasdiqlangan. Ukraina rahbari Turkiyaga ertaga, 7-iyul kuni kelishi kutilmoqda. Hozirda u amaliy tashrif bilan Bolgariyada ekani ma’lum.

Vilnyusdagi NATO sammiti: so‘nggi yangiliklar

  • 11-12 iyul kunlari Vilnyusda NATOning navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi,
  • u asosan Rossiya-Ukraina urushi, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Ukrainaning NATOga aʼzo bo‘lish istiqbollari masalalariga bag‘ishlanadi.
  • Zelenskiy allaqachon sammitga taklifnoma olgan, biroq Ukraina u yerga aʼzo bo‘lish istiqboli bo‘yicha aniq javob ololmasa, bormasligini bildirgan.

Shu bilan birga, harbiy razvedka rahbari Kirill Budanov bu sammit Ukraina uchun burilish nuqtasi bo‘lmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainaliklarning umidlari amalga oshmaydi: “ba’zi so‘zlar” aytiladi, lekin boshqa hech narsa bo‘lmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »