Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston hamda Sloveniya hukumatlari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlangan. Mazkur bitim 2023-yil 8-fevral kuni Toshkent shahrida imzolangan edi.

Hujjatga muvofiq, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirishga masʼul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.

2023-yilning yanvarida “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori bilan O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni podshohligi hukumati o‘rtasida bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi bitim tasdiqlangan edi. Fevral oyida esa O‘zbekiston Pokiston bilan imtiyozli savdo sohasida hamkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »