Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlariga egalik qiluvchi Amerikaning Meta kompaniyasi 6-iyulga o‘tar kechasi Twitter’ning asosiy raqobatchisiga aylanishi kutilayotgan Threads matnli servisini ishga tushirdi.

Foto: Shutterstock

Yangi servisning interfeysi ko‘p jihatdan Twitter’ga o‘xshash bo‘lib, unda maksimal 500 ta belgili xabarlarni, shuningdek, fotosuratlar va 5 daqiqagacha bo‘lgan videolarni joylashtirish mumkin.

6-iyuldan boshlab dasturni 100 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda, AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va Yaponiyada App Store va Google Play’dan yuklab olish mumkin. Threads Rossiyada ham mavjud, biroq u faqat VPN yordamida ishlayotgani aytilmoqda.

Servis hozircha Yevropa Ittifoqida ishlamaydi. Instagram bosh direktori Adam Mosserining The Verge nashriga aytishicha, bunga sabab — Yevropada 2024-yilda kuchga kirishi kerak bo‘lgan ba’zi qonunlar. Shunga qaramay, kompaniya YIda servisni ishga tushirish rejalaridan voz kechgani yo‘q, shu bilan birga Mosser bunga ko‘proq vaqt kerakligini aytdi.

Meta asoschisi Mark Sukerbergning so‘zlariga ko‘ra, dastur ishga tushirilgan dastlabki to‘rt soat ichida unda besh milliondan ortiq akkaunt ro‘yxatdan o‘tgan.

Yangi ijtimoiy tarmoqda ushbu havola orqali “Daryo” nashrining rasmiy sahifasini kuzatib borishingiz mumkin.

  • Threads’ning ishga tushirilishi so‘nggi kunlarda Twitter’da kuzatilayotgan o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask ijtimoiy tarmoqni sotib olganidan keyin pullik obunaga e’tibor qaratmoqda. Bu esa Twitter foydalanuvchilarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »