Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoyning Lanjou stansiyasidan 5-iyul kuni Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston—Afg‘oniston multimodal yo‘nalish bo‘yicha konteyner blok-poyezdining jo‘nash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lkonteyner” matbuot xizmati.

Foto: “O‘ztemiryo‘lkonteyner” matbuot xizmati

Ushbu konteyner blok-poyezdi 30 dona 40 futlik konteynerlardan iborat bo‘lib, u avtomobil ehtiyot qismlari, mebel, kanselyariya buyumlari, mashina va uskunalardan iborat. Umumiy marshrutning uzunligi 6500 kilometrdan ortiq va yukning umumiy og‘irligi 700 tonnadan oshadi. Tashuv vaqti 16—18 kunni tashkil etishi kutilmoqda.

Ushbu poyezd New Land-Sea Corridor Operation Co., Ltd., JST Logistics Corporation Limited, Zhejiang Union of Railway Logistics va China Railway Container Transport Co., Ltd. kompaniyalari, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Qirg‘iziston temir yo‘llari MK” DK va Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi Afghanistan Railway Authority tomonidan tashkil etildi.

Multimodal koridor bo‘ylab tashish Lanjou stansiyasidan Qashqar stansiyasigacha (Xitoy) temiryo‘l orqali amalga oshiriladi. Keyin yuk avtomobil yo‘li orqali O‘sh temiryo‘l stansiyasiga (Qirg‘iziston) yetkaziladi. O‘sh stansiyasidan Xayraton stansiyasiga yana temiryo‘l orqali yetkazib beriladi.

Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston multimodal transport yo‘lagi bo‘ylab yuk tashishni rag‘batlantirish maqsadida ilk sinov poyezdi harakatiga 9-iyun kuni start berilgandi.

4-iyul kuni Langfan–Qashqar–Irkeshtom–O‘sh–Toshkent yangi multimodal yo‘nalishida  konteynerli blok-poyezdini jo‘natish marosimi bo‘lib o‘tgandi. Unda 40 ta vagonda qurilish materiallari ortilgan bo‘lib, umumiy og‘irligi 1000 tonnadan oshadi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »