Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniya razvedka xizmati Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning 24-iyun kuni qurolli isyon ko‘tarishga urinish paytida “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin bilan muzokaralarini tinglagan. Bu haqda Tagesschau xabar berdi.

Kollaj: kompromat1press.ru

Jurnalistik surishtiruv nemis razvedkasi Rossiyadagi isyonga urinish haqida ancha batafsil maʼlumotlarga ega ekanini aniqlagan. Agentlar Prigojin va Lukashenko o‘rtasidagi muzokaralarni tinglagan bo‘lishi mumkin.

Razvedka xizmati vakili muzokaralar haqidagi ma’lumot manbalariga izoh berishdan bosh tortgan.

Shuningdek, razvedka voqea sodir bo‘lishidan taxminan bir hafta oldin isyon bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgani, sheriklar ma’lumotlarini tekshirishga harakat qilgani, ammo hech qanday natija bermagani ta’kidlandi.

Shu sababli kansler idorasiga bo‘lajak voqealar haqida xabar berilmagan. Biroq razvedka isyon boshlanishidan oldin Germaniya hukumatiga ma’lumot yuborgani aytilmoqda.

Prigojin isyoni

“Vagner” bilan bog‘liq voqealar Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligini vagnerchilar lageriga zarba berishda ayblab, javob berishga va’da berganidan keyin boshlandi. 24-iyun kuni ertalab “Vagner” kuchlari Rostov-Dondagi Janubiy harbiy okrugi shtab-kvartirasini to‘sib, Moskva tomon yo‘l oldi. Rossiya Mudofaa vazirligi ayblovlarni rad etib, buni provokatsiya deb atadi.

O‘sha kuni kechqurun Lukashenko bilan muzokaralar natijasida Prigojin chekinishni e’lon qildi. Kreml Prigojinga qarshi qurolli isyon bo‘yicha jinoiy ish to‘xtatilishi, vagnerchilar jinoiy javobgarlikka tortilmasligi va Prigojinning o‘zi Belarusga ketishi mumkinligini bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »