Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro viloyatida jangovar o‘q-dorilar noqonuniy olib kirilishining oldi olindi, deb xabar beradi DXX Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati.

Foto: DXX Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyatida joylashgan “Olot-avtoyo‘l” xalqaro o‘tkazish punktida chegarachilar tomonidan xizmat iti yordamida bojxona xodimlari bilan hamkorlikda kirish yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi S.A. boshqaruvidagi DAF rusumli yuk transport vositasi ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Tekshiruv davomida yuk mashinasi tirkamasiga ortilgan jami 8 dona yengil avtomashina orasidan, davlat raqamisiz, rusumi Hyundai Elantra bo‘lgan avtomashinaning orqa o‘rindig‘i va zaxira g‘ildiragi orasidan 1 dona karton qutida 43 dona jangovar patron yashirib qo‘yilgani aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda quroldan foydalanish tartibi

O‘zbekistonda “Qurol to‘g‘risidagi” qonun 2019-yil 29-iyulda Prezident tomonidan imzolangan. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyat faqat O‘zbekiston hududida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekistonda noqonuniy saqlangan qurollarni o‘z ixtiyori bilan IIVga topshirganlarga pul mukofoti beriladi.

2022-yilda “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, prokuratura organlari xodimlari xizmat quroli va shaxsiy himoya vositalarini qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish huquqiga egaligi belgilangandi (ilgari faqatgina olib yurishi mumkinligi ko‘rsatilgan).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »