Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

So‘nggi o‘n yilliklar tarixi shuni ko‘rsatadiki, ayollarning siyosiy maydondagi roli keskin o‘zgarib bormoqda. Axir kim o‘z davlati rahbari sifatida nafaqat kuchli, nufuzli va dono siyosatchini, balki nazokatli va go‘zal ayolni ham ko‘rishni istamaydi deysiz.

Izabel Martines de Peron, Argentina

Foto: Getty Images

Prezidentlik lavozimini egallagan birinchi ayol Izabel nomi bilan mashhur 43 yoshli Mariya Peron edi. Martines o‘z hayotini siyosat bilan bog‘lamoqchi emasdi. San’at institutida tahsil olgan Mariya balet truppasida prima bo‘lgan, klubda ham raqqosa bo‘lib ishlagan. Shu yerda bo‘lajak turmush o‘rtog‘i — o‘zidan 35 yosh katta bo‘lgan general Xuan Peron bilan tanishgan.

Ko‘p o‘tmay 1973-yilda Peron prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonadi va rafiqasini mamlakat vitse-prezidenti etib tayinlaydi. Bir yil o‘tgach, Xuan Peron yurak xuruji tufayli to‘satdan vafot etganida, Izabel Martines uning vakolatlarini avtomatik ravishda o‘z zimmasiga oladi va Argentinaning nafaqat birinchi ayol prezidenti, balki jahon tarixida ushbu lavozimni egallagan birinchi ayolga aylanadi. Xalq yangi saylangan prezidentni qo‘llab-quvvatlaydi — Isabel Martinez 1976-yilgacha Argentina rahbari bo‘lib qoladi. Keyinchalik u bir qator siyosiy qotilliklar uchun hibsga olinadi va mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Hozirda Izabel Martines de Peron Ispaniyada yashaydi. Mamlakat Argentina hukumati sobiq prezidentni ekstraditsiya qilishdan bosh tortgan.

Kristina Fernandes de Kirchner, Argentina

Foto: Getty Images

Argentinaning ikkinchi prezidenti Kristina de Kirchner nafaqat tarixdagi eng qudratli prezidentlardan biri bo‘lgan, balki dunyodagi eng go‘zal ayol siyosatchilardan biri hisoblanadi. De Kirchner 2007-yilda eri — prezident Nestor Kirchnerning o‘rniga 20 foiz ovoz bilan raqibini ortda qoldirib, prezident bo‘ladi. Uning siyosiy faoliyati bir necha bor tanqid qilingan, shunga qaramay Kristina de Kirchner 2015-yilgacha prezidentlik lavozimida qoladi.

Argentinada uning hukumati davrida ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonun, pensiya jamg‘armalarini milliylashtirish, jamoat joylarida chekish va ko‘plab muhim qonunlar va islohotlar tasdiqlandi. Kristina de Kirchner atrofida davom etayotgan janjallarga qaramay, muvaffaqiyatli va nufuzli siyosatchi, shuningdek, baxtli ona va buvi bo‘lib qoladi.

Tarya Halonen, Finlyandiya

Foto: Getty Images

Tarya Xalonen Finlyandiyaning eng mashhur prezidenti, 2000-yildan 2012-yilgacha 12 yil lavozimda ishlagan. Ma’lumoti bo‘yicha advokat, u Xelsinkining eng qashshoq tumanida tug‘ilib-o‘sgan. Mamlakatning birinchi ayol prezidenti ko‘plab stereotiplarni buzgani bilan mashhur. Finlar uni zamonaviy va har tomonlama rivojlangan siyosatchining ajoyib namunasi deb bilishadi. Halonen rasm chizadi, suzadi va hayvonlarga, ayniqsa mushuk va toshbaqalarga bo‘lgan mehrini yashirmaydi.

Ayni damda Tarya Halonen katta siyosatdan nafaqaga chiqqan va Yevropaning eng yirik muzey majmuasi — Finlyandiya milliy galereyasining raisi hisoblanadi.

Dilma Russeff, Braziliya Federativ Respublikasi

Foto: Getty Images

Braziliya Federativ Respublikasining amaldagi prezidenti Dilma Vana Russeff lavozimiga 2011-yilda saylangan. Yashirin qurolli tashkilotlarda qatnashgani uchun qamoqqa tashlanganidan keyin prezident bo‘lgani bilan tanilgan. Dilma Russeffning qamoqda o‘tirgan vaqti haqida ko‘p narsa ma‘lum emas. Mahbuslar va guvohlarning aytishicha, u ko‘p narsalarga, jumladan qattiq kaltaklash va elektr toki bilan o‘tkazilgan qiynoqlarga chidagan. Ammo hayotining shu davri tufayli Dilma Russeff ozodlikka chiqib, huquqiy siyosat bilan shug‘ullana boshlaydi. Shu narsa uni mamlakat prezidenti lavozimiga olib keladi.

Dilma Russef ajrashgan, bir qizi va nabirasi bor. U portugal, fransuz, ispan va ingliz tillarini yaxshi biladi. 2009-yilda u limfa tugunlari saratonini yengib o‘tdi. 2016-yilning may oyidan Dilma Russef shtat soliq qonunchiligini buzgani uchun vazifalarini bajarishdan to‘xtatilgandi.

Pratibha Patil, Hindiston

Foto: Getty Images

Hindiston tarixida Pratibha Patil birinchi ayol prezident hisoblanadi (2007). Bombey universitetining yuridik fakultetini tamomlagandan so‘ng Patil muvaffaqiyatli advokatlik karyerasini quradi va 11 yil davomida shtat siyosiy hayotida faol ishtirok etadi. Patil prezidentligiga qadar turli qatlamdagi bolalar va yoshlar uchun bir qancha davlat ta’lim muassasalarini ochgani bilan mashhur. Bundan tashqari, u hind ayollari huquqlarini va ularning moliyaviy mustaqilligini faol himoya qiladi.

Patil Hindiston hukumatida ko‘plab lavozimlarni egallagan, jumladan sog‘liqni saqlash vaziri va turizm vaziri bo‘lib ishlagan. Hindiston mustaqilligining 60 yilligi nishonlanadigan yilda u prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilgan va prezidentlik davrida hind ayollarining huquqiy maqomini yaxshilash masalasiga katta e’tibor bergan. Sevimli rafiqa va ona Pratibha Patil prezidentlikdan ketganidan keyin ham tinchlik, ezgulik, hamjihatlik g‘oyalarini himoya qiladi.

Dalya Gribauskayte, Litva

Foto: Getty Images

Litva prezidenti Dalya Gribauskayteni ommaviy axborot vositalarida ko‘pincha “temir xonim”ga qiyoslashadi. Gribauskayte 2009-yildan beri prezidentlik qilmoqda. 2014-yilda u ikkinchi muddatga qayta saylandi. Gribauskayte turmushga chiqmagan, farzandi yo‘q. Ona tilidan tashqari to‘rt tilni yaxshi biladi va karate bo‘yicha qora belbog‘ sohibasi. Prezidentlikka qadar Dalya Gribauskayte Litvada ham, Yevropa Ittifoqida ham 10 dan ortiq muhim siyosiy lavozimlarni egallagan. Uning Sovet KGB bilan aloqasi hali ham Yevropaning barcha ommaviy axborot vositalarida faol muhokama qilinadi. Shu kungacha Litva prezidenti Dalya Gribauskayte Yevropa Ittifoqidagi eng kuchli va nufuzli siyosatchilardan biri bo‘lib qolmoqda.

Ellen Jonson-Serlif, Liberiya

Foto: Getty Images

Afrika mamlakatlaridagi birinchi ayol prezident qat’iy va mustaqil Ellen Jonson Serlif — 8 dan ortiq muhim siyosiy lavozim, 6 ta xalqaro mukofot, jumladan, Ruzvelt mukofoti va tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibasi, 4 o‘g‘il va 6 nabiraning buvisi. 2006-yilda uning inauguratsiyasida Kondoliza Rays va Laura Bush ham ishtirok etgan.

Jonson-Serlif butun dunyoda afrikalik ayollar huquqlari, ularning xavfsizligi va jamiyat hayotidagi roli uchun tinimsiz kurashi bilan tanilgan. Bugungi kunga qadar Ellen Jonson-Serlif Liberiyaning amaldagi prezidenti va butun Afrika xalqining suyuklisi bo‘lib qolmoqda.

 Mishel Bachelet, Chili

Foto: Getty Images

Ikkinchi marta Chili prezidenti bo‘lgan Mishel Bachelet nafaqat tashqi ko‘rinishda, balki boshqaruvda ham nafis uslubga ega. Harbiy to‘ntarish tufayli uning oilasi mamlakatdan haydalgan. Bachelet bolaligi va yoshligini vatanidan tashqarida o‘tkazadi. Vataniga qaytib kelgach, Chilining ijtimoiy va siyosiy hayotida faol ishtirok eta boshlaydi. Bachelet o‘zining barcha xizmatlari uchun mudofaa vaziri lavozimini egallagan birinchi Janubiy Amerika ayoliga aylanadi.

Bachelet mutlaqo yangi turdagi ayol siyosatchidir. 2014-yilda u ikkinchi muddatga qayta saylandi.

Meri Tereza Uinfred Robinson, Irlandiya

Foto: Getty Images

Mustaqil Irlandiyada 1990-yilda birinchi ayol prezident Meri Tereza Uinfred Robinson bo‘lib, u 1997-yilgacha bu lavozimni egallagan. Bu ayol butun siyosiy faoliyati davomida inson huquq va erkinliklari uchun kurashib, xalq mehrini qozondi. Uning hukumati davrida ayollarning nikohdagi huquqlari, shuningdek, uysizlarning farovonligi kabi ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor berildi. Hozirda Meri Robinson Xalqaro atrof-muhit institutining rahbari bo‘lib, dunyodagi ekologik muammolarni hal qilishga faol hissa qo‘shmoqda. Aytgancha, Irlandiyaning keyingi prezidenti ham ayol — muvaffaqiyatli olima va siyosatchi Meri Patrisiya Makalis.

Vayra Vike-Freyberga, Latviya Respublikasi

Foto: Getty Images

Yigirmadan ortiq xalqaro siyosiy mukofot va o‘ndan ortiq faxriy unvon sohibasi Vayra Vike-Freyberga yoshligida mashhur filolog bo‘lishi mumkin edi, lekin buning o‘rniga Latviya Respublikasining qattiqqo‘l, ammo nazokatli ayol prezidenti sifatida mashhur bo‘ldi. Uning hukmronligi davrida Vike-Freyberga o‘zini Sovet kommunistik rejimini va uning barcha ko‘rinishlarini qoralaydigan qattiqqo‘l, amerikaparast siyosatchi sifatida ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Bu uning sevimli rafiqa, ikki farzandning onasi, 8 ta kitob muallifi va hammuallifi bo‘lishiga to‘sqinlik qilmadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »