Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng, Ukraina NATOga a’zo bo‘lishga loyiq ekanini aytdi, deb xabar bermoqda “AHaber”.

Foto: Reuters
“Yordamimiz orqali Ukraina bilan birdamligimizni aniq qilib ko‘rsatdik. Biz muzokaralar orqali (harbiy harakatlarni) tugatish yo‘lida eng ko‘p harakat qilgan davlat bo‘ldik”, — dedi Erdo‘g‘on.

U Rossiya va Ukraina oxirgi marta tinchlik muzokaralarini Istanbulda o‘tkazganini eslatdi. Bundan tashqari, Turkiya rahbari Anqaraning g‘alla bitimida bir yil avvalgi ishtirokini tilga oldi.

“Ehtiyojmandlarga bir yilda 33 million tonnaga yaqin g‘alla yetkazib beradigan tashabbus 17-iyulga qadar uzaytirilishini istagan edim”, — dedi u.

Erdo‘g‘on kelishuvni kamida har uch oyda, eng yaxshisi ikki yilga uzaytirishni xohlashini qo‘shimcha qildi, deb xabar bermoqda TRT Haber. Rossiya esa qishloq xo‘jaligi eksportiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinmasa, shartnomani uzaytirmaslik bilan tahdid qilmoqda.

Turkiya rahbari, shuningdek, Kiyev va Moskva bilan mahbuslarni almashish bo‘yicha muzokaralar olib borilishini ma’lum qildi. Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, u bu haqda Vladimir Putin bilan gaplashgan va Putin kelasi oy Turkiyaga tashrif buyurgunga qadar bu masalani telefon orqali muhokama qilishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 7-iyul kuni Vladimir Zelenskiy Turkiyaga tashrif buyurib, Erdo‘g‘on bilan uchrashdi. Ular g‘alla kelishuvi, Kiyevning NATOga a’zoligi, mahbuslar almashinuvi, ikki tomonlama hamkorlik va Ukrainani qayta tiklash masalalarini muhokama qildi. Bu Zelenskiyning urush boshlanganidan beri Turkiyaga birinchi tashrifi bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »